Bugun 21:00da Odil Ahmedov TV ko'rsatuv mehmoni bo'ladi

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2017, 17:18
O'zbekiston terma jamoasi sardori, "Shanxay SIPG" yarim himoyachisi Odil Ahmedov ishtirokidagi ko'rsatuv bugun Toshkent vaqti bilan 21:00da efirga uzatiladi.

"Milliy" telekanalida haftaning ish kunlari namoyish etilayotgan "MTV SHOU" dasturining bugungi mehmoni Odil Ahmedov bo'ladi. Bu haqda telekanalning "Tvitter"dagi sahifasi e'lon qildi. Ko'rsatuv Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi. O'zbekistonda bo'lmaganlar ushbu ko'rsatuvni www.milliy.tv saytida tomosha qilishlari mumkin.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia