So’nggi yangiliklar

15:09Анчелоттидан "Реал" ҳам, Бразилия федерацияси ҳам норози   0 14:10Хави ёки тен Хаг Бундеслигада иш бошлаши мумкин  1 14:01Азизбек Ғаниев: "БАА Ўзбекистон билан ўйинга кичкина стадионни танлаганидан хайрон қолдим"  4 13:44Етакчи лигаларни бирлаштирган Жером Перлемутер июнда Тошкентга келади  1 13:34Ҳакам "Пахтакор" дарвозабонини майдондан четлатиб, тўғри қарор қилдими? Суперлиганинг 7-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 13:13Кунде уч марта кеч қолиб, захирада қолиб кетгани учун "Барселона" ходимларидан ёрдам сўради  6 12:57Анчелоттининг рад жавобидан сўнг Бразилия терма жамоаси мураббийлигига асосий номзод ўзгарди  0 12:27Суперлиганинг 8-турида ишлайиган ҳакамлар билан танишинг  0 10:50«Байер» Алонсонинг ўрнига Испаниядан бошқа мураббий топди  0 10:22Анчелоттининг навбатдаги жамоаси қайси бўлиши очиқланди  6 09:25«Барселона»га қарши учрашувда қизил карточка олган «Реал» футболчиларининг тақдири маълум  26 08:57Луис Энрике Лондондаги ғалаба ҳақида фикр билдирди  4 08:26Артета мағлубиятдан сўнг нималар деди?  13 08:05ЕЧЛ. ПСЖ биринчи ўйинда ғалаба қозонди, "Арсенал"нинг голи ҳисобга олинмади  5 07:58Анчелоттининг Бразилия билан келишуви барбод бўлиши мумкин, Нега?  7

Bugun 19:00. "Lokomotiv" - "Ar Rayan" Yangiliklar

Bugun 19:00. "Lokomotiv" - "Ar Rayan"

Bugun 2019 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-tur o'yinlari davom ettiriladi.

O'zbekiston chempioni Toshkentning "Lokomotiv" klubi Toshkentda Qatarning "Ar Rayan" klubini qabul qiladi. Uchrashuv soat 19:00da "Lokomotiv" stadionida boshlanadi. 

Ikkala klub ham keyingi bosqich imkoniyatini yo'qotib bo'lgan. SHu bois bahs o'rtoqlik maqomida o'tadi. Biroq "Lokomotiv" g'alaba qozonib, O'zbekiston uchun OCHL kvotalarini oshishiga yordam berishi mumkin. Bu haqda to'liq malumotni quyidagi HAVOLAda olish mumkin. Bu o'yinda "Lokomotiv" nafaqat o'zi uchun, balki butun O'zbekiston uchun o'ynaydi. Siz "Paxtakor", "Bunyodkor" yoki "Navbahor" muxlisi bo'lsangiz ham stadionga kelib "temiryo'lchilar"ni qo'llab turing, zero ularning g'alabasi keyingi yil sizning sevimli klubingizni OCHLda o'ynashiga xizmat qilishi mumkin. 


So'nggi tur oldidan bu guruhidagi holat quyidagicha:



"AR-RAYAN" HAQIDA

1967 yil "Rayan" va "Nusur" klublarining birlashishi natijasida "Ar Rayan" klubi paydo bo'lgan. "Ar Rayan" sport klubi hisoblanadi va uning tarkibida futboldan tashqari mini-futbol, basketbol, voleybol, gandbol, engil atletika, stol tennisi va suzish kabi jamoalar bor. Klub o'z uy o'yinlarini "Ahmad bin Ali" stadionida o'tkazadi. Biroq OCHLdagi uy uchrashuvlarini Doxa shahridagi "Jassim bin Hamad" o'yingohida o'tkazadi.

XX asrda 7 marta Qatar chempioni bo'lgan klub 2014-2015 yilgi mavsumda quyi ligadan yana Qatar Yulduzlar ligasiga qaytgan va keyingi yildayoq chempionlikka erishgan.

"Ar Rayan" klubi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida 8 marta (2005, 2007, 2011, 2012, 2013, 2014, 2017, 2018) qatnashgan. Etiborlisi jamoa hech qachon guruhdan chiqa olmagan.

Qatarning bu jamoasi OCHLda O'zbekiston klublari bilan faqat bir martagina to'qnash kelgan xolos. 2012 yilda "Nasaf" bilan bir guruhdan joy olgan va har ikkala bahsda g'olib bo'lgan. Qatardagi uchrashuvda maydon egalari 3:1 hisobida zafar quchishgan, Qarshida esa bitta gol "Ar Rayan"ga 3 ochko keltirgandi.

Bu yilgi Osiyo chempionlar ligasida Qatar chempionatida 3-o'rinni olgani uchun qatnashmoqda. To'g'rirog'i jamoa guruh bosqichiga chiqish uchun pley-off bosqichida Eronning "Saypa" klubini mag'lub etishiga to'g'ri keldi - 3:1. Guruh bosqichi 1-turida esa "Ar Rayan" Saudiya Arabistonida "Al Ittihod" mehmoni bo'lib, 1:5 hisobida mag'lub bo'ldi. Aynan mana shu sharmandali mag'lubiyatdan keyin rahbariyat turkiyalik murabbiy Byulent Uygunni istefoga chiqardi. Bundan oldin, 27 fevral kuni "Ar Rayan" Qatar chempionatida "Al SHahaniya"ga 0:3 hisobida yutqazib qo'ygan edi. Uning o'rniga brazililik Jilson Souza bosh murabbiy etib tayinlandi. Bugunga qadar u "Ar Rayan"ning U-23 jamoasida ishlab kelayotgan edi.

Bugungi kunda jamoa safida Gelmin Rivas (Venesuela), Lukka Borjes (Braziliya), Gonsalo Viera (Urugvay), Kox Myong Jin (Janubiy Koreya) kabi legionerlar faoliyat olib borishmoqda. Bundan tashqari qatarlik Rodrigo Tabata, Xalfan Ibrohim, Sebastyan Soriya, Dame Traore kabi futbolchilar ham shu jamoada o'ynashmoqda.



"AR RAYAN" (QATAR)
SHahri:
Ar Rayan
Laqabi: "SHerlar"
Tashkil topgan sana: 1967 yil
Uy stadioni: "Ahmad bin Ali"
Sig'imi: 27000 tomoshabin
Klub xo'jayini: SHayx Saud Bin Xolid Al Tani
Bosh murabbiy: Jilson Souza (Braziliya)
Klub rasmiy sayti: alrayyansc.com

Sovrinlari:
Qata chempioni
- 8 marta
Qatar Valiahd SHaxzoda kubogi sohibi - 4 marta
Qatar Amiri kubogi sohibi - 6 marta
Qatar Superkubogi sohibi - 5 marta



Lokomotiv Tashkent

Sardor Mirzayev - 35', Temurkhuja Abdukholiqov - 47', Temurkhuja Abdukholiqov - 61'

AFC Champions League Grp. B . 6-tur

21/05/2019, 20:00

2
:
3
Tugadi

Al-Rayyan

Rodrigo Tabata - 1', Gonzalo Viera Davyt - 22'

45'
90'
35'  Sardor Mirzayev
47'  Temurkhuja Abdukholiqov
61'  Temurkhuja Abdukholiqov
75'  Diyor Turopov (Jamshid Iskandarov)
90'  Azizbek Haydarov (Jovan Djokic)
1'  Rodrigo Tabata
22'  Gonzalo Viera Davyt
46'  Gonzalo Viera Davyt (Yousif Umar Din)
46'  Daniel Goumou (Ahmed Al-Saadi)

Reyting: -35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика