So’nggi yangiliklar

09:44Салоҳнинг «Ливерпуль»даги келажаги маълум  0 09:20ПСЖ собиқ устози «Барселона»ни бошқариши мумкин  4 08:55Дилшод Раҳматов: «Ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз. Мақсадимиз – чемпионлик!»  1 08:31Sofascore. Элдор Шомуродовнинг кечаги ўйини неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:43Осиё кубоги. Бугун Кувайтга қарши майдонга тушамиз  6 07:15U-23 Осиё кубоги. Хитой - Корея Республикаси 0:2  0 07:10U-23 Осиё кубоги. БАА - Япония 0:2  0 07:05U-23 Осиё кубоги. Таиланд - Саудия Арабистони 0:5   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Тожикистон - Ироқ 2:4   0 06:55Серия А. "Кальяри" - "Ювентус" 2:2   1 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Файҳа" 3:1   0 01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  42 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   5 01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0

Bugun 18:15. BAA U-23 - O'zbekiston U-23 Yangiliklar

Bugun 18:15. BAA U-23 - O'zbekiston U-23

Bugun Tailanddagi U-23 Osiyo chempionatida chorak final bahslari davom ettiriladi.

Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yarim finalg chiqish uchun BAA bilan to'qnash kelishadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 18:15da boshlanadi. Uchrashuv Bangkok shahridagi "Rajamangala" stadionida bo'lib o'tadi.


BAA BOSIB O'TGAN YO'L

BAA guruh bosqichini Vetnamga qarshi o'yin bilan boshladi va 0:0 hisobida durang o'ynadi. Ikkinchi turda arablar KXDR ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Xalifa Al Hammadi va Zaid Al Amiri gol urishgandi. 3-turda Iordaniya bilan 1:1 hisobida durang o'ynagan BAA guruhda birinchi o'rinni egalladi. BAA tarkibida yagona golni Zaid Al Amiri urdi.



O'YINOLDI MATBUOT ANJUMANI

"Biz uchun O'zbekistonga qarshi o'yin bu Top darajadagi bahs. Raqibimiz kuchini bilamiz. Lekin biz tayyormiz. Tayyorgarlik yaxshi ketyapti. O'zbekiston bizdan bir kun ko'p dam olish imkoniyatiga ega bo'ldi. O'zbekiston favorit. Bizda ham tarkibda katta turnirlar tajribasiga ega o'yinchilar bor. Ularning foydasi katta. Ertangi o'yin masalasini bitta gol hal qilish mumkin. Omadga ham ko'p narsa bog'liq", - dedi BAA bosh murabbiyi.




"Bizni katta o'yin kutyapti. O'rtoqlik o'yinida BAA juda kuchli harakat qilgan va g'alaba qozongan. Raqibga nisbatan tiklanishga vaqtimiz ko'proq edi. Biz orzuimiz sari intilishda davom etamiz. Niyat Olimpiada o'yinlari.

Bizda avvalgi turnirda ishtirok etgan bir necha futbolchi bor - 8 nafar. Ularning tajribasi ko'proq. Biroq bu safargi turnir Olimpiada uchun. O'yinlar og'ir bo'lyapti. Hammada motivaciya yuqori. CHempionlikni himoya qilish oson emas. Biz albatta eng yuqori maqsadlarni qo'yganmiz.

Koreyaga qarshi o'yindan keyin men aytgandimki, biz turnir etakchilari bilan o'ynadik va guruhdan chiqdik. Bu esa oson kechgani yo'q. Biz bu safar kuchimizni to'liq tiklashimizga ishonchim komil. BAAga qarshi uchrashuvgacha jismoniy holatimiz yaxshilanadi.

Hamkasbim fikriga to'liq qo'shilaman. Rostdan ham o'yinlar juda keskin bo'ldi. Bitta gol farq ko'p uchrashuv masalasini hal qildi. Yaponiya, Eron, Iroq, Qatar kabi kuchlilar esa guruhda qiyinchilikka duch kelishdi. Ayni vaqtda turnirning 8ta eng kuchli terma jamoa qoldi. Buyog'iga o'yinlarni kichik detallar hal qilib qo'yadi", - deydi Lyubinko Drulovich.



HAKAMLAR

BAA va O'zbekiston o'rtasidagi uchrashuvni xitoylik Fu Ming boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borishadi. Malumot uchun, Ming 1983 yilda tug'ilgan va 2014 yildan buyon FIFA hakami sifatida ishlab kelmoqda.


U-23 Osiyo chempionati
CHorakfinal
BAA - O'zbekiston
19 yanvar 2020 yil. Bangkok. "Rajamangala" stadioni. 18:15 (Toshkenti vaqti)
Bosh hakam:
Fu Ming (Xitoy)
Qanot hakamlari: SHi Siang va Kao Yi (ikkisi Xitoy)
To'rtinchi hakam: Ma Ning (Xitoy)
VAR hakami: Robert SHon Evans (Avstraliya)
VAR yordamchi hakamlari:
Jeyms Kristofer Bit (Avstraliya) va Adham Muhammad Mahadmeh (Iordaniya)



Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика