Bugun 17:00. O'zbekiston U-19 - Avstraliya U-19
14 okt 2014 07:26
Yangiliklar


Bugun 17:00. O'zbekiston U-19 - Avstraliya U-19
Bugun O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatidagi uchinchi uchrashuvini o'tkazadi.
Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoamiz birinchi turda Indoneziya ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozongandi. So'ngra BAA bilan durang qayd etildi - 2:2. Bugun esa yoshlarimiz Avstraliya bilan kuch sinashishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi. Vakillarimiz guruhdan chiqishlari uchun kamida durang o'ynashlari talab etiladi.
SPORT telekanali uchrashuvni jonli ravishda namoyish etishni rejalashtirmoqda.
Guruhimizdagi yana bir bahs BAA va Indoneziya o'rtasida bo'lib o'tadi. Bu o'yin ham 17:00ga belgilangan.
SPORT telekanali uchrashuvni jonli ravishda namoyish etishni rejalashtirmoqda.
Guruhimizdagi yana bir bahs BAA va Indoneziya o'rtasida bo'lib o'tadi. Bu o'yin ham 17:00ga belgilangan.

Fikrlar