Bugun 17:00. "Bunyodkor" - "Nasaf"
17 okt 2015 08:49
Yangiliklar


Bugun 17:00. "Bunyodkor" - "Nasaf"
Bugun 2015 yilgi O'zbekiston kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Jizzaxdagi yangi "So'g'diyona" stadionida "Bunyodkor" va "Nasaf" jamoalari mamlakat kubogi uchun maydonga tushishadi. O'yinda g'olib bo'lgan jamoa kubokni qo'lga kiritishdan tashqari keyingi yil Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidan o'ziga joy band qilib qo'yadi. SHu bois ham uchrashuvga bo'lgan etibor juda yuqori.
Kecha ham "Nasaf", ham "Bunyodkor" klubi futbolchilari o'yinoldi mashg'ulotlarini o'tkazishdi. "Bunyodkor" murabbiyi va "Nasaf" murabbiyi o'yinoldi matbuot anjumanida qatnashishdi.
Bugungi o'yin soat 17:00da boshlanadi. Uchrashuvni SPORT telekanali jonli ravishda efirga uzatadi. Saytimiz orqali o'yin atrofidagi voqealar va o'yinning o'zi tezkorlik bilan yoritib boriladi.
O’xshash yangiliklar
02:36
JCH-2026 saralashi. BAA O'zbekiston va Qirg'izistonga qarshi o'yinlar uchun tarkibini elon qildi 11

Fikrlar