Bugun 14:00. O'zbekiston U-16 - Quvayt U-16
11 sen 2014 08:09
Yangiliklar
Bugun 14:00. O'zbekiston U-16 - Quvayt U-16
Bugun O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Tailanddagi Osiyo chempionatining 3-turida Quvayt bilan kuch sinashadi.
O'smirlarimiz dastlabki turda Nepal bilan durang (1:1) o'ynashgandi. Ikkinchi turda KXDR ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozonildi. Quvayt ikki o'yinda ham mag'lubiyat alamini totib ko'rdi va guruhdan chiqish imkoniyatini qo'yotdi.
Aleksandr Mochinov boshchiligidagi o'smirlarimiz bugun Toshkent vaqti bilan soat 14:00da Quvaytga qarshi maydonga tushishadi.
Guruhdagi ikkinchi o'yin ham soat 14:00da boshlanadi. Unda KXDR va Nepal o'zaro kuch sinashishadi.
O'zbekiston - Quvayt uchrashuvi SPORT telekanali orqali jonli ravishda efirga uzatiladi. Saytimiz orqali matnli translyaciya ham olib boriladi.
Cguruhi
| Jamoa | O' | YU | D | M | TN | O |
| O'zbekiston | 2 | 1 | 1 | 0 | 4-3 | 4 |
| Nepal | 2 | 1 | 1 | 0 | 3-2 | 4 |
| KXDR | 2 | 1 | 0 | 1 | 5-3 | 3 |
| Kuvayt | 2 | 0 | 0 | 2 | 1-3 | 0 |
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar