So’nggi yangiliklar

13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  0 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  6 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  3 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  9 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  46 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  21 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1

Buffonni chetlatgan hakam. Kim o'zi u? Yangiliklar

Buffonni chetlatgan hakam. Kim o'zi u?

Teglar :  BuffonMaykl Oliver
Maykl Oliver qoidalarni 4 yoshidan o'rgana boshlagan va u APLning eng yosh hakami.

Birinchi ustozi - otasi

Otasi unga ilk bor o'yindan tashqari holat va qoida buzilishlari haqida gapirganda Maykl endigina to'rt yoshda edi. Klayv, Angliya Liga 1 hakami, o'g'lini doim o'zi bilan olib yurar va amaliy misollar bilan vaziyatlarni ko'rsatardi. Oliver uzoq vaqt "Nyukasl" futbol maktabida shug'ullanadi va 14 yoshda yakuniy qaror qabul qiladi. Yani buyog'iga futbolchilik emas, futbol referisi bo'lish orzusi tomon harakatlana boshlayd. 18 yoshda esa kattalar jamoasi uchrashuvini boshqara boshlagan.

Olivera hakam sifatida aqlbovar qilmas tezlikda rivojlanib, o'sib bordi. 2005 yil u qanog hakami sifatida otasiga yordam bergan bo'lsa, 2007 yil milliy hakamlar ro'yxatiga kiritiladi va milliy konferenciya finalida "Uembli"da ishlagan eng yosh (22) hakam siaftida tarixga kiradi. 2009 yilda esa Oliverga Liga 2 pley-off bosqich final uchrashuvi nasib qiladi, uning ertasiga esa Liga 1 finalini Mayklning otasi boshqarib boradi.


Otasi Maykl hakam bo'lishiga qo'lidan kelgancha harakat qiladi: u o'g'lining o'yinlarini DVD diskka yozib oladi va uchrashuvdan keyin ota-bola uyda o'tirib, hakamning qarorlarini ko'rib chiqishadi, muhokama qilib, xatolarini o'rganib chiqishadi. Ertalablari birga yugurgani chiqar, o'yin vaqtida to'g'ri poziciya tanlash ustida ishlashardi.

Oliver Premer-ligada debyut o'yinini o'tkazishidan avval otasi shunday degandi: "Men o'g'lim bilan faxrlanaman. U barchasini uddalay oladi. Kun kelib, uni "Kamp Nou" yoki "Santyago Bernabeu"dagi o'yinni boshqarishini istayman".

Barchamiz guvohi bo'lganimizdek, bu niyat amalga oshdi.


Rekordlarni Krishtianu Ronaldu kabi tez yangilab tashladi

Ilk bor Oliver APLda 2010 yil yanvar oyida "Fulxem" va "Portsmut" o'rtasidagi bellashuvga tayinlanadi. Mayklning omadi chopmadi: o'shanda ob-havo tufayli qator o'yinlarni nomalum muddatga qoldirilgan, keyinroq esa hakamning o'zi to'pig'ida og'riq xis qilayotgani tufayli ishlay olmasligini bildiradi. SHunday qilib, Oliver debyut o'yinini avgust oyida o'tkazdi va Premer-liga tarixidagi eng yosh hakamga aylandi. O'shanda u 25 yosh va 182 kunlik edi.


O'z sohasida Maykl qator rekordlar sohibi:


• "Uembli" tarixidagi eng yosh hakam (22 yosh)

• Yangi "Uembli"da birinchi qizil kartochka ko'rsatgan birinchi hakam

• Angliya futbol ligasi tarixidagi eng yosh qanot hakami va bosh hakam (22 yosh)

• 26 yoshida FIFA referisi

• APL tarixidagi eng yosh zaxira hakami (24 yosh)

• Angliya Kubogi yarim finali tarixidagi eng yosh hakam (28 yosh)

SHuningdek, ser Aleks Fergyusonning xayrlashuv uchrashuvida ham aynan Oliver bosh hakam vazifasini bajargan.

Angliyaning eng yaxshi yosh hakami hisoblanadi.


Hozir Oliver 33 yoshda va uni Angliyaning eng obro'li hakamlaridan biri deyish mumkin. Faoliyati davomida ikki bor Angliya Superkubogi finalini (2014, 2016) va 17 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Jahon CHempionati final uchrashuvini (2015) boshqargan. Bu mavsum u ilk bor Evropa CHempionlar Ligasi pley-off bosqichiga tayinlandi. Angliyalik hakam "Beshiktash" – "Bavariya" o'rtasidagi birinchi o'yinni boshqargani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak.

The Times Mayklni "Eng ajoyib hakam" deb, Daily Telegraph esa – "O'z ishining ustasi" deya etirof etgan. Mashhur referi Grem Poll: "Oliver katta salohiyatga ega. O'z ustida ishlashdan to'xtamasa, aynan Oliver yaqin 10-15 yil ichida Britaniyaning eng yaxshi hakami bo'lishi aniq". Jordj Kortni va Devid Ellerey ham tajribali hamkasblari fikrini qo'llab-quvvatlanishgan.

Lekin bazan uni qaror chiqarishdagi ortiqcha xotirjamlik, "jasorat" ko'rsatib yuborishi sabab uni koishadi. Premer-ligada o'zining ikkinchi uchrashuvidayoq ()"Blekpul" – "Fulxem" o'yini) u uchta golni bekor qiladi, bir nechta tur o'tgach esa "Emireyts"da "Arsenal" darvozasiga penalti belgilashga jazm qiladi.

Avvallari ham Oliver shu kabi "tilga tushganmi"?

• 2017 yil mart oyida MYU Angliya Kubogi doirasida "CHelsi"ni mag'lub etadi - 1:0. Ikkinchi bo'lim yakunlanay deb turganda Mayklning bahsli qarori tufayli maydon chetida turgan Konte va Mourino "yoqalashib" ketadi – ularni zaxira hakami zo'rg'a ajratib oladi.  

• O'tgan yil may oyida ingliz nashrlaridan biri 2016/2017-mavsumda eng muhim o'yinlarga belgilangan hakamlarni ro'yxatini tuzib chiqadi. SHunda malum bo'ldiki, Oliver top jamoalar o'yinini hamkasblaridan ko'ra ko'proq boshqarib borgan – "Liverpul" va "Tottenxem" klublari o'yinlarida Oliver etti martadan ishlagan. O'sha mavsumda Oliver hammadan ko'proq o'yinni boshqarib bordi – 33 uchrashuv.

• Noyabr oyida Arsen Venger jamoasi "Man Siti"ga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi, murabbiy esa Oliver va yoning yordamchilari ishini tanqid qildi: "Referi bizga qarshi o'ynadi – bahsli vaziftdagi penalti va ofsayddan urilgan gol. Bunga chidab bo'lmaydi. Hakamlar saviyasi borgan sayin tushib ketmoqda".


Oliverning turmush o'rtog'i ham hakam


Maykl hakam sifatida ko'p narsaga erishgan bo'lsada, katta stadionlar shovqinini kichik arenalar tinchligi bilan parallel olib ketishga intiladi. Har yili yoz faslida u ona shahri Ashingtonning havaskor jamoalari o'yinlarini boshqarib boradi. Ha, aytgancha bu o'yinlar uchun u umuman maosh yoki gonorar olmaydi.

FQaoliyati davomidagi eng qiziqarli, o'ziga xos o'tgan o'yin havaskorlar uchrashuvida emas, 2015 yil "Reding" va "Arsenal"ning ayollar jamoasi to'qnashuvida sodir bo'lgan. Maykl turmush o'rtog'i Lyusini qo'llab-quvvatlash uchun stadionga tashrif buyuradi, Lyusi o'sha o'yinda bosh hakam edi. Ammo tanaffusdan so'ng laynsmenlarning biri jarohat sabab, maydonga qayta olmaydi va stadion bo'ylab malakali qanot hakami bo'lsa, bizga xabar bering, bizga yordamingiz zarur, deb elon qilishadi. 873 muxlis ichida shunday nomzod topildi – u Oliver edi.

Maykl futbolni juda yaxshi ko'radi. Xattoki maydondan tashqarida ham, dam olish kunlari otasi bilan golf o'ynayotganda ham suhbat futbol va hakamlik mavzusida bo'ladi.

"Men doim Perluijji Kollinaga o'xshashga harakat qilaman. U eng yaxshisi", – degandi Oliver.

Kecha tunda bo'lib o'tgan uchrashuvdan keyin Oliver uxlashga yotarkan, italiyalik hamkasbi faoliyati davomida ham shu kabi omadsiz kunlar bo'lganini takidlab, o'zini ovutgan bo'lsa ajabmas.


sports.ru saytidan Nozima Zaripova tarjima qildi.

Reyting: -21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика