Buffon: "Yuventus" kichik sport mo'jizasiga erishdi"
05 noy 2014 16:17
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/150467_original.jpg)
![](/upload/storage/150467_220.jpg)
Buffon: "Yuventus" kichik sport mo'jizasiga erishdi"
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon "Olimpiakos"ga qarshi kechgan qiyin uchrashuv haqida o'z fikrini bildirdi.
"Standartlardan ikki bora gol o'tkazib yubordik va guruhdan chiqish uchun imkoniyatimiz xavf ostida edi, ammo mag'lubiyatga uchraganimizda nohaqlik bo'lardi. Ikkinchi bo'limda kichik sport mo'jizasiga erishdik. Bunday o'yinlarda ruhiy tayyorgarlik hal qiluvchi rolni egallashi mumkin. G'alabaga erishish oson bo'lmadi, ammo bu uch ochko bizga tegishli.
"Olimpiakos" gol urganidan tashqari xavfli imkoniyat yarata olgani yo'q. Himoyada noodatiy taktik sxema bilan bo'lsada, yaxshi harakat qildik. Guruhimizda kuchli jamoalar yig'ilgan. Muvaffaqiyatga erishish uchun tavakkal qilish kerak" - deydi Buffon.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar