Buffon: "Qaysi sxemada o'ynashimizni farqi yo'q, muhimi g'alaba"
08 avg 2015 03:25
Yangiliklar


Buffon: "Qaysi sxemada o'ynashimizni farqi yo'q, muhimi g'alaba"
"Yuventus" sardori Janluiji Buffon Italiya superkubogi o'yini oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Uchta yoki to'rtta himoyachi bilan o'ynashimizni farqi yo'q. Bu katta ahamiyatga ega emas. Natijaga boshqa omillar tasir qiladi, sxema emas. SHanhaydagi ob-havo? Italiyada ham bu yili uda issiq bo'lmoqda. SHaroit barcha uchun deyarli bir xil. Jamoamizni bir qator etakchilar tark etishdi. "Yuventus" tarkib jihatdan ancha yoshardi. Lekin bu bahona bo'lolmaydi. Bizlarga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar ham ancha kuchli hisoblanishadi", - deydi Buffon.
Eslatib o'tamiz, Italiya Superkubogi "Yuventus" - "Lacio" o'yini bugun SHanhay shahrida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:00 boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar