So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  5 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  3 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  9 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  54

Buffon nega "Yuventus"ga qaytmoqchi? Yangiliklar

Buffon nega "Yuventus"ga qaytmoqchi?

Jijjining bir yil ichidagi harakatlarini qattiq tanqid qilmaslik zarur.

O'tgan hafta “Yuventus” muxlislari italiyalik jurnalistlar qanday yangiliklar haqida aytishar ekan deb kutib o'tirishgan bir paytda, kutilmagan bir mavzu barchaning etiborini tortdi – “Buffon “Yuventus”ga o'tishga tayyor”.

Futbol olamining reakciyasi

Buffon qaytishi haqidagi xabar bir necha soat ichida dolzarb, eng ko'p muhokama qilingan mavzulardan biriga aylandi va hech kimni etiborsiz qoldirmadi. Bir daqiqa ichida muxlislar ikki qisiga bo'lindi: bu xabardan boshi ko'kka etganlar va bundan g'azablanganlar.

Bundan baxtiyor bo'lgan muxlislar Jijjining Franciyadagi chiqishlarini kuzatib borgan va ijtimoiy tarmoqlarda muntazam ravishda uni Turinga qaytishini so'rab, shunga umid qilgan tiffozilar edi. Bu xabardan jahli chiqqanlarning esa davosi deyarli bir xil edi: Buffonning xayrlashuv uchrashuvida kimdir bu qaroridan qaytishini so'rab, unga umid bilan boqqan va natijada uni yomon ko'rib qolganlar edi. CHunki hammasi ular kutgandek bo'lmagan. Kimdir esa agar Jijji qaytsa, Perin sotib yuboriladi deganlar (sababi u mavsum oxirida jarohat olgan). Bazilar esa italiyalik o'tgan yili PSJga o'tib ketganini hamon hazm qilolmay, uni kechira olmayotgan muxlsilar edi.

“Yuve” muxlisi bo'lmagan bazi futbol ishqibozlari ham yuqoridagi fikrlarga qo'shilishlarini takidlashgan. Qisqasini aytganda, ko'pchilik ijtimoiy tarmoqlar orqali Buffonga bo'lgan nafratini ochiqchasiga oshkor etdi.

Jijji nega  ketgan edi? Bu normal holat

Janluijjidan faoliyatini yakunlashini kutib turishgan bir vaqtda, u PSJ safiga o'tishini malum qildi. Yodingizda bo'lsa, xayrlashuv kechasi hissiyotlarga boy tarzda o'tgan. Ammo o'sha vaqt unga taklif qilingan rahbariyatdagi lavozim natijasi nima bo'lishini Buffon ham, Anelli ham yaxshi bilardi: Jijji hamon o'zini futbolchi deb his qilar va bu kasbdan ketish niyati yo'q edi.

Hammaga birdek muomala qilish va sadoqatli bo'lish sportda kam uchraydi. SHu bois, insonning bu sifati juda yuqori baholanadi. Ayniqsa futbolda!!! SHuning uchun, faoliyatini asosan bitta klubda o'tkazgan o'yinchilarni ko'proq yaxshi ko'rishadi. Aytaylik, siz bir klubda 20 yil o'ynab, obro'-etiborga ega bo'ldingiz. Ammo buning bir xavfli jihati bor: kutilmagan vaqtdagi bir qaroringiz tufayli, siz omma nafratiga duchor bo'lishingiz mumkin.

Qabul qilingan qarorlardagi kamchilik va xatolarni izlash — oddiydek tuyuladi. Ammo bu juda kerakli ishlardan biri. Tanqid va tanqidchilarga doimo extiyoj bo'lgan. Bo'layotgan ishlarni barcha ko'rib turadi. Lekin shunday bo'lsa-da, insonlar barchasi sodda, oddiy tilda tushuntirib berilishini istaydi. Buffon bilan bog'liq vaziyat ham aynan shunday tipga kiradi.

Yangi narsa ega bo'lish, buni chin dildan xohlash normal holat. Dunyoni ko'rish, o'z ustida ishlab, rivojlanish ham oddiy hol. Janluijji vatanidan tashqarida o'ynashni xohlayotganini hech qachon yashirmagan. Buffon Italiyaning grand jamoasi safida 18 yil davomida bu orzusini amalga oshirishi uchun bir necha bor imkoniyatga ega bo'lgan. Lekin har safar “Yuve”da qolishni maqul ko'rgan. Agar boshqa mavsum u klubdan ketganida, muxlislar ancha ko'proq yig'lab, bundan hayron bo'lgan ham bo'lar edilar. SHunday ekan, Jijji PSJga o'tishi – oddiy odam klubiga ko'rsatgan maksimal darajadagi sodiqligi ifodasidir.

Jijji nega qaytyapti? Bu ham normal holat

Hammasi oddiy.

Buffonning chet eldagi safari o'z nihoyasiga etdi. Jijjining ketganiga asosiy sabablardan biri u zaxira darvozaboni bo'lishga tayyor emas edi. Endi esa tayyor. U klub afsonasi ekani hisobga olinmagan taqdirda ham, “Yuventus” ajoyib bekap-darvozabonni qo'lga kiritadi (bunga qadar bu rol uchun Pep Reynani taklif qilishmoqchi edi).

Buffon haqida berilgan eng ko'p savollarga javob berishga harakat qilamiz:

1. Buffon umrbod futbol o'ynamoqchimi? Qachon faoliyatini yakunlaydi?

Turin jamoasi ishlariga ancha yaqin bo'lgan jurnalist Romeo Agrestining malumotlariga qaraganda, Jijji klub bilan bir yillik shartnoma tuzar ekan. Bir mavsumdan keyin esa rahbariyatda Nedved bilan birgalikda faoliyat yuritadi. Lekin italiyalik qaysi lavozimda ishlashi hali aniq emas.

2. Buffon tufayli Italiyaning eng iqtidorli darvozabonlardan biri – Perin jamoadan ketadi. Bu katta yo'qotishmi?

Yo'q. Perin — SHHensnyy bilan raqobat qilishi uchun sotib olingan edi. Polyak dunyoning eng yaxshi posbonlari darajasidagi o'yin namoyish eta oldi. U jamoada foydali ekani bilan Krishtianudan keyingi ikkinchi o'rinni egalladi. Aynan Voycex kelgusida “Yuve”ning asosiy posboni bo'lishi mumkin. Perin esa ko'pchilikning hafsalasini pir qildi: 26 yoshli darvozabon juda ko'p jarohat oldi. Aslida Mattia 1-raqamli posbon bo'lishi kerak edi, ammo u “Yuve” darajasiga hali eta olgani yo'q.

3. Buffonda motivaciya bormi?

Albatta! Paolo Maldini A Seriyadagi o'yinlar soni bo'yicha rekord natijani qayd etganidan xabardorsiz. Jijji o'sha rekord natijaga etishi uchun yana sakkiz uchrashuv o'tkazishi kifoya. Bu uning maqsadi. SHu o'rinda bir narsani aytish juda muhim: agar  Buffon jamoasi 2006 yil B Seriyaga tushib ketmaganida, “Milan” sobiq sardorining rekordini allaqachon yangilagan bo'lar edi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика