Buffon: “Muxlislar farzandlarim kabi xursand bo'ldi degan umiddaman”
01 mar 2022 08:55
Yangiliklar
Buffon: “Muxlislar farzandlarim kabi xursand bo'ldi degan umiddaman”
“Parma” kiperi Janluji Buffon jamoa bilan shartnomasini 2023/24 yilgi mavsumga qadar uzaytirgani haqida gapirdi.
“Bugun men va butun oilam uchun juda yaxshi kun. “Parma” bilan shartnomamni 2024 yilgacha uzaytirdim. Bir necha oy oldin bu erga qaytgandim, chunki shahar va uning odamlariga kuchli bog'langanman. Bu aloqalar yanada mustahkamlandi.
Muxlislar va shahar aholisi farzandlarim kabi xursand bo'ldi degan umiddaman. Bugun to'rttalasi ham men bilan birga edi. Ularga rahmat, ammo birinchi navbatda Ilariya (turmush o'rtog'i)dan minnatdorman, u tufayli yoshim o'tgani sezilmaydi!”, deydi 44 yoshli Buffon.
U joriy mavsum B Seriya doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan shuncha to'p olib chiqdi.
Fikrlar