So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Buffon, Ibragimovich, Brunu Alvesh va boshqa "krutoy" qariyalar Yangiliklar

Buffon, Ibragimovich, Brunu Alvesh va boshqa "krutoy" qariyalar

38 yoshdan katta, lekin jamoasiga salmoqli foyda keltirayotgan o'yinchilar.

A Seriya 17 turida "Milan" uyda "Torino" bilan uchrashdi. Ushbu bahsda "rossoneri"ning 39 yoshli forvardi Zlatan Ibragimovich noyabrdan beri endi maydonga tushdi (shved jarohatlar qurshovida edi), Skudetto uchun kurashda "Milan"ning muhim bo'lgan o'yinida ishtirok etdi ("Yuventus"ga qarshi bahsdagi mag'lubiyatdan so'ng jamoa o'z o'rnini tiklab olishi kerak edi). Uning o'yinlarini ko'rib, bugun "keksa, ammo foydali" bo'lgan o'yinchilardan tuzilgan terma jamoani etiboringizga taqdim etmoqchimiz.


Darvozabon

Janluijji Buffon ("Yuventus"; Italiya) — 42 yosh
28 yanvarda zamonaviy futbolning buyuk darvozaboni 43ga to'ladi, biroq Jijji futbolga bo'lgan ishtiyoqini saqlab qola olgan. Ha, u CHempionlar Ligasida g'olib chiqmaguncha futboldan ketmasa kerak. Aytgancha, aynan shu turda Buffonning joriy mavsumdagi ko'rsatkichi yangilandi: "Kamp Nou"da quruq o'yin o'tkazdi va "Yuventus"ga raqibi "Barselona"ni mag'lub etishida yordam berdi. Janluijji "Keksa sinora" o'yinchisi Voycex SHHesniydan birinchi raqamni olib qo'yishi uchun imkoniyati etarli.


Himoyachilar

Kristian Majo ("Benevento"; Italiya) — 38 yosh
XXI asrda faoliyatini boshlagan bu futbolchi bir oydan so'ng 39 yoshni qarshi oladi. Kristian — "Vichenca" tarbiyalanuvchisi bo'lib, "Fiorentina", "Sampdoriyu" va "Napoli" kabi jamoalarda muvaffaqiyat qozongan, ikki bor Italiya Kubogiga ega chiqqan va "Skuadra Adzurra" futbolkasida 34 marotaba maydonga tushgan. SHuningdek, JCH-2010 va Evro-2012da ishtirok etgan. Majo hozir Filippo Indzagi nazoratidagi "Benevento"da to'p tepmoqda. Kristian klub safida V Seriyada ikki mavsum o'tkazdi, endi esa elitada harakat qilmoqda.

Xilton ("Monpele"; Braziliya) — 43 yosh
Hech qarimaydigan Xilton "Monpele" himoya markazini kuchaytirmoqda. 15 yildan ko'proq vaqtdan buyon Liga 1da ishtirok etadi, 2009/10 yilgi mavsumda Dide Desham nazorati ostidagi "Marsel" safida Franciya chempioni bo'lgan. Oradan ikki yil o'tib, hozirgacha to'p tepayotgan jamoasi "Monpele" bilan titulga ega chiqdi. U chetdan shunchaki kuzatib turmay, haqiqatdan bor kuchi bilan o'ynaydi: bu mavsum 12 o'yinda (637 daqiqa) maydonga tushdi.

Brunu Alvesh ("Parma"; Portugaliya) — 39 yosh
Brunu Alvesh "Zenit"da o'ynab yurgan kezlaridayoq Portugaliyaning ko'pkarrali chempioni va tajribali o'yinchi nomiga sazovor bo'lib ulgurgandi. Portugal Rossiyadan ketganidan Evro-2016da g'olib bo'ldi va hanuzgacha A Seriyada to'p tepmoqda. Brunu Alvesh — "Parma"ning etakchi himoyachisi va sardori.



Fil Yagelka ("SHeffild Yunayted"; Angliya) — 38 yosh
Fil "Everton"da 12 yil o'ynab, ancha mashhurlikka erishgan, ammo bugungi kunda Yagelka vatanidagi "SHeffild Yunayted" sharafini himoya qilmoqda. Fil — "hanjarchilar" tarbiyalanuvchisi, 1999/2000 yilgi mavsum shu klubda faoliyatini boshlagan va "iriskalar" safiga o'tishdan oldin deyarli 300ta o'yinda maydonga tushgan. Yagelka 2019 yil "SHeffild"ga qaytdi va maydonga ko'p tushmasligiga qaramay, uning tajribasi va etakchilik sifatlari "hanjarchilar"ga katta yordam bermoqda.


Yarim himoyachilar

Andres D`Alessandro ("Internasonal"; Argentina) — 39 yosh
"River Pleyt" tarbiyalanuvchisini yo'lning boshida yorqin faoliyat kutayotgani taxmin qilingandi, Andresni kimsan Maradona va Rikelme bilan solishtirishgandi, lekin D`Alessandro mashhur hamyurtlari darajasiga eta olmadi. Evropani tezda aylanib chiqqach, ("Volfsburg", "Portsmut", "Saragosa"), ko'pchilik uchun kutilmaganda Braziliyadan qo'nim topdi va "Internasonal" afsonasiga aylandi. Kuni-kecha esa Andres Urugvayning "Nasonal" jamoasiga borib qo'shildi va aprelda 40 yoshini qarshi olishga tayyorlanmoqda.

Xoakin Sanches ("Betis"; Ispaniya) — 39 yosh
Xoakin Ispaniya termasi safida katta g'alabalar davrigacha 50tadan ko'p o'yin o'tkazgan — Aragones va Del Boske jamoalarida esa unga joy topilmadi. SHunday bo'lsada, Sanches hamon ispan maydonlarini changitib yuribdi va OAV vakillari uchun yorqin sarlavxalarga imkon yaratamoqda. O'tgan mavsum Xoakin "Betis" sharafini himoya qildi va o'yinlarni to'liq o'tkazdi, lekin "pandemiya tanaffusi"dan keyin biroz sustlashdi va endi virusni o'zi yuqtirib oldi.

Lucho Gonsales ("Atletiko Paranaense"; Argentina) — 39 yosh
Braziliyadan qo'nim topgan yana bir argentinalik: oxirgi to'rt yilni Lucho Gonsales "Atletiko Paranaense"da o'tkazdi. Evropada Lucho uzoq vaqt "Portu" va "Marsel" safida muvaffaqiyatli harakat qildi, ushbu klublar bilan birga qator sovrinlarni qo'lga kiritdi.


Hujumchilar

Jermeyn Defo ("Glazgo Reyndjers"; Angliya) — 38 yosh
2014 yil Jermeyn Defo okean ortiga, "Toronto" sharafini himoya qilishga yo'l olganda, uning faoliyati yakuniga ko'p qolmagandek tuyulgandi. Lekin futbolchi bunday holatga uzoq chidolmadi va Britaniyaga qaytdi hamda avvaliga "Sanderlend" va "Bornmut"da o'ynadi, hozir esa Stiven Jerrard va "Reyndjers" bilan faoliyatidagi ilk chempionlikka dadil odimlamoqda.

Rodrigo Palasio ("Bolonya"; Argentina) — 38 yosh
5-fevral kuni argentinalik 39 yoshni qarshilaydi, u esa hamon "Bolonya" asosiy tarkibida to'p tepmoqda. Bu Palasio uchun 2009 yildan buyon uchinchi Italiya klubi. Hozirda o'zbek muxlislari diqqat markazidagi "Jenoa"da nom chiqargan Rodrigo "Inter"dan taklif oldi, endi esa "Bolonya" sharafini himoya qilmoqda. Rodrigo hisobida italiyan jamoalari safida 400 uchrashuv va 112 ta gol.

Zlatan Ibragimovich ("Milan"; SHveciya) — 39 yosh
Bu hurmatli "otaxon" esa qarilik chog'ida yana bir bor Skudettoni qo'lga kiritishi mumkin. Zlatan "Milan"da jam bo'lgan iqtidorli yoshlarni olg'a boshlamoqda va o'z kollekciyasida kam bo'lmagan sovrinlarni qo'lga kiritishda ishtiyoq uyg'otmoqda.

Oxirgi ikki oyni Ibragimovich jarohat sabab o'tkazib yubordi, ungacha esa chempionatning 7 uchrashuvida 10ta gol urgandi. Bunday "krutoy" "otaxonlar"ni, aynan zamonaviy hujumchilar ichidan topish mushkul vazifa.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика