Buffon: “Faoliyatimni 99,9 % JCH-2018dan so'ng yakunlayman”
12 iyu 2017 22:41
Yangiliklar
Buffon: “Faoliyatimni 99,9 % JCH-2018dan so'ng yakunlayman”
Italiya terma jamoasi hamda Turinning “Yuventus” klubi darvozaboni Janluidji Buffon faoliyatini JCH-2018dan so'ng yakunlashini yana bir bor tasdiqladi.
“Rossiyada o'tkaziladigan JCH-2018dan so'ng faoliyatimni yakunlash? Ha, bu malumot 99,9 % haqiqat. Yana bir mavsum yuqori sport formasida o'yin namoyish etish imkoniga egaman. SHundan so'ng men anchadan beri gapirishim kerak bo'lgan so'zni aytaman: “Hammasi uchun rahmat!”.
“Yuventus” klubi prezidenti Andrea Anelli bilan esa biz eshikning bir tabaqasini ochiq qoldirdik. Agar “Yuventus” kelasi mavsum ECHLda g'olib chiqib, klublar o'rtasidagi mundialda qatnashish huquqini qo'lga kiritsa, Turinda qolaman”, - dedi 39 yoshli posbon Sky Sport Italia nashriga bergan intervyusida.

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar