Buffon faoliyatidagi 600-g'alabani qo'lga kiritdi
27 fev 2019 17:50
Yangiliklar


Buffon faoliyatidagi 600-g'alabani qo'lga kiritdi
Janluiji Buffon faoliyatidagi yubiley 600-g'alabani qo'lga kiritdi.
PSJ posboni mazkur natijaga Franciya kubogi chorak finalining "Dijon"ga qarshi uchrashuvda erishdi. Mazkur bahsda parijliklar yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
Futbolga 1995 yilda qadam qo'ygan italiyalik tajribali darvozabon faoliyati davomida 1071ta uchrashuvda maydonga tushgan. Buffon o'yinlarning 168tasini “Parma”, 509tasini “Yuventus”, 176tasini Italiya terma jamoasi hamda 19tasini PSJ libosida o'tkazgan.
Qayd etish joizki, PSJ klubi Buffon tushgan uchrashuvlarning birortasida ham mag'lub bo'lmagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar