Buffon: "Bu safar g'alaba qozonmasak nohaqlik bo'lardi"
05 noy 2014 23:54
Yangiliklar


Buffon: "Bu safar g'alaba qozonmasak nohaqlik bo'lardi"
"Yuventus" sardori Janluiji Buffon "Olimpiakos" bilan o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Bizni g'alabamiz bu o'yindagi chiroyli va haqli yakun bo'ldi. Biz ikkita gol o'tkazib yuborgan bo'lsakda, raqibdan ko'ra ko'proq imkoniyatlarga ega bo'ldik va nihoyat ular ustidan g'alaba qozonishga erishdik. O'tgan uchrashuvni ham hisob olganda, bu g'alaba haqli tarzda qo'lga kiritildi. Omad endi bizga kulib boqdi. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas edi. Hisob 1:2 bo'lgan vaziyatda ishonchsizlik yuzaga kelgandi. Lekin g'alaba qozona olishimizga ishongandim. Greciyada bo'lgan o'yinda ham juda ko'plab vaziyatlarda omad bizdan yuz o'girgandi.

Fikrlar