Buffon 50 yoshgacha o'ynamoqchi
02 mar 2022 09:15
Yangiliklar
Avvalroq, 44 yoshli Jiji Buffon “Parma” bilan shartnomasini 2023/24 yilgi mavsumga qadar uzaytirgani haqida xabar bergandik.
“U go'yo 44 yoshdagidek emas, balki 10 yoshga kichikdek ishlamoqda. Buffon 50 yoshgacha o'ynashga tayyor. U o'z formasini saqlab qolishiga ishonchim komil. Uzoqni o'ylangan rejalar tuzish mushkul, ammo Jiji o'ziga ishonadi. Unda ishtiyoq kuchli. U yoshlarga yordam beradi, jamoaga foyda keltirishga intiladi”, deydi agent.
Fikrlar