Bubakari Sumare: "Real"ning taklifi? "Lill"dan ketishni istamayman"

21 yanv 2020, 23:07
"Lill"ning 20 yoshli himoyachisi Bubakari Sumare ayrim mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

"Real" haqidagi xabarlarga munosabatim? "Lill"dan ketmoqchi emasman. Bu meni bezovta qilayotgani yo'q. Yangiliklar - ularni o'qiydiganlar va yozadiganlar uchun. Futbolchilar e'tibor qilishlari to'g'rimas. Kelajagim borasidagi hal qiluvchi qarorni hozir qabul qilmoqchi emasman. Jamoani tark etish masalasi hozir kun tartibimda yo'q. Mavsumni "Lill" safida yakunlamoqchiman. Hozir klubni tark etib, keyin afsuslanib qolmoqchi emasman", - dedi Sumare "L`Equipe" nashriga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Manba: L`Equipe