So’nggi yangiliklar

07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  2 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0

Bu yil oliy ligada safarda eng uzoq mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirgan jamoa qaysi? Yangiliklar

Bu yil oliy ligada safarda eng uzoq mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirgan jamoa qaysi?

Sekin-astalik bilan bu yilgi milliy chempionatimiz ham o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.

Kuz kelib, sovuq tushgach jamoalar ham "jo'jalarni sanash"ni boshlashadi. Albatta, hozircha chempion kim bo'lishini aytish mushkul. Ammo chempionat oxirigacha oltin medallar uchun qizg'in kurash kechsa ajab emas. 

SHu o'rinda raqamlarga murojaat qilgan holda ushbu mavsum safar o'yinlarida mag'lubiyatsiz seriyani eng uzoq davom ettirgan klublarni aniqladik. Ko'pchilik o'ylashi mumkin, bu hoynahoy "Lokomotiv" bo'lsa kerak deb. Yo'q, "Loko" emas ekan. Safar bellashuvlarida eng uzoq mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirgan jamoa bu - "Qo'qon-1912" bo'lib, qo'qonliklar safardagi oltinchi o'yinga kelibgina mag'lub bo'lishgan. Jamoa Toshkentda "Bunyodkor"ga 1:2 hisobida o'yinni boy bergan. 

Bu borada ikkinchi o'rinni "Bunyodkor" egallab turibdi. "Qaldirg'ochlar"ning safardagi mag'lubiyatsiz seriyasi to'rtinchi o'yinga kelib o'z intihosini topgan. "Bunyodkor"ni o'z maydonida "Mashal" 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. Uchinchi o'rin esa "Dinamo"ga tegishli. Samarqandliklar safardagi uchinchi bahsda birinchi mag'lubiyatni qabul qilib olishgan. "Dinamo" 5-turda Qo'qondan mag'lubiyat bilan qaytgan. 

Oliy liganing 9ta klubi esa safardagi birinchi o'yinidayoq mag'lub bo'lgan. Bular - "Buxoro", "Qizilqum", "Metallurg", "SHo'rtan", "So'g'diyona", "Neftchi", "Olmaliq", "Obod" va "Navbahor".


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика