So’nggi yangiliklar

01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  0 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  1 00:50"Арсенал", "Челси" ва "Бавария" Барколяни сотиб олиш учун кураш олиб бормоқда  0 00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  1 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  0 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  4 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  0 23:28Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" – "Бавария". Таркиблар аниқ!  1 23:11Зико: "Европа футболига ҳаддан ташқари юқори баҳо бериб юборилган"  10 23:10Виталий Левченко: "Битта учрашувга қараб фикр чиқариш нотўғри. Ҳеч нимани беркитмаяпмиз, исталган саволингизга жавоб бераман"  12 22:50Санчога Туркиядан харидор чиқди. Футболчига катта маош таклиф қилинмоқда  0 22:23Мбаппе касаллик туфайли 4-5 кг вазн йўқотди  2 21:50"Ньюкасл" Эланга учун 45 миллион фунт таклиф қилди, аммо  0 21:30Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"га мағлуб бўлиб, мусобақа билан хайрлашди. "Сўғдиёна" "Қизилқум"ни қийинчиликсиз мағлубиятга учратди  77 21:05"Ал Қодисия" МЮ қизиқаётган ҳужумчига 15 млн евро таклиф қилди  0

Bu - terma jamoa, klub emas yoxud navbatdagi bosh murabbiy kim bo'ladi? Yangiliklar

Bu - terma jamoa, klub emas yoxud navbatdagi bosh murabbiy kim bo'ladi?

O'zbekiston milliy terma jamoasining Saudiya Arabistonidan uchragan yirik hisobdagi mag'lubiyati barchamizning kayfiyatimizga tasir qildi.

Xo'sh, ayb kimda, xato qaerda o'tdi, buyog'iga nima qilish kerak. Biz bu borada tajribali ekspertlarimizni fikriga quloqt tutdik.


Aziz Ibragimov - Birinchi o'rinda tarkib va futbolchilarning joylashuvi noto'g'ri tanlandi. Har bir futbolchi o'z poziciyasiga qo'yilishi kerak edi, deb o'ylayman. Masalan Jaloliddin Masharipovning asosiy ustun tomoni qanotdan yorib kirish. Deylik kecha Odil Ahmedov himoyaga qo'yildi. Uning joyini ko'pchilik biladi, o'rtada. Markazda o'yinni boshqara oladi. Yoki Vagiz Galiulinni olaylik. Oleg Zoteev vaqtida yarim himoyachis sifatida o'ynagan bo'lishi mumkin. Ammo hozirda qanot himoyachisi sifatida to'p tepmoqda. Oddiy misol velosiped xaydab turib, birdaniga samakatga o'tsangiz qanday bo'ladi? Qiynalasiz. Futbolchi ham shunday. Saudiya Arabistoni terma jamoasining futbolchilarini qarang, o'ziga ishonch bilan juda xotirjam o'ynadi. Individual mahorat hisobiga himoyamizni osonlikcha yorib o'tdi. 

Bu - O'zbekiston milliy terma jamoasi, millatning yuzi. Terma jamoadagi futbolchilar professional. Avvalo futbolchi o'zini o'zi ruhiy tomondan o'yinga tayyorlashi kerak. Murabbiyning imzosi esa futbolchilarni joylashuvi va taktikasida bilinadi. Terma jamoa klub emas. O'ynamayotgan futbolchini birdaniga tushirsangiz u o'z o'yinini ko'rsata olmaydi. Bitta o'yinga boshqasini, ikkinchi o'yinga boshqasini tushirish chiziqlar o'rtasidagi bog'lamlarni yo'qolishiga olib keladi. CHunki formadagi, formada bo'lmagan futbolchi bor. Men bu bilan hech kimni ayblamoqchi emasman. SHunchaki jonimiz achiganidan gapiramiz. 

Men avval ham bu borada fikrimni aytganman. Terma jamoaga mos nomzod - Ro'ziqul Berdiev. "Nasaf"da qanday holat bo'lishidan qatiy nazar barqaror ishlab kelmoqda. SHuningdek Timur Kapadze "Olimpik" bilan Pro ligada debyut qilayotganiga qaramasdan juda yaxshi natija qayd etmoqda. 

O'yinni boshidan to'pni raqib nazorat qildi. Bunday pallada himoyada jipslashish muhim. Agarda birinchi bo'lim 0:0 hisobida tugaganida, ikkinchi bo'limga yigitlar boshqacha kayfiyat bilan chiqardi. 

Kamoliddin Murzoev - Boshlang'ich tarkib nafaqat meni, balki ko'pchilik uchun kutilmagan ko'rinish oldi. Natija barchasini aytib turibdi. Futbolchilar o'z o'rnida o'ynay olmaganidan o'zlarini juda yomon his qilishdi. O'yin to'liqligicha raqibga boy berildi. Terma jamoaning keyingi maqsad va vazifalaridan kelib chiqib yangi murabbiy nomzodlari va ularning dasturi bilan tanishib chiqish kerak. Bizda murabbiylar bilan emas, ularning dasturi bilan bog'liq muammo bor. Buni nazorat qiluvchi organ mavjud emas. Murabbiylar tayyorlashni tizimli boshqaruvi va uning ustidan nazorat o'rnatilishi kerak. 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика