So’nggi yangiliklar

16:26Музаффар Музаффаров жамоаси билан тарихий натижа қайд этди   0 16:22"Милан" Рейндерснинг нархини "Манчестер Сити"га маълум қилди  0 15:57"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 15:47"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирига қизиқиш билдирмоқда  0 15:17Расман: Хаби Алонсо — "Реал" бош мураббийи  3 14:48"Атлетик" бош мураббийи "Барселона"нинг Уильямсга қизиқиши ҳақида гапирди  3 14:12"Интер" "Рома" футболчисини харид қилмоқчи  4 13:43"Ливерпуль" бразилиялик ҳужумчи харидини кўриб чиқмоқда  0 13:05Сергей Чигодаев - Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 кубогидаги илк ўйини ҳақида  1 12:35"Челси" икки дарвозабонни кўриб чиқмоқда  2 12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  7 11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  6 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  3 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  2 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2

Bu shunchaki shokolad emas Yangiliklar

Bu shunchaki shokolad emas

Teglar :  BundesligaGerta
Bu Berlinlik futbolsevarlar, xuddi chinakam paxtakorchilardek – yillab uzining Gertasiga sodiq, vafoli fanatlarning ovunchog'i.

Aynan shu yo'l-yo'l qog'ozga o'ralgan shirinlikni men bilan baham ko'rgan 50 yoshlik hamkasbim Fillip, bolaligidanoq Berlin klubining ashaddiy muxlisi. «Klubni o'zgartirish partiyani o'zgartirishdan ham ko'ra yomon», deb kuladi Fillip.

Umuman olganda, kupchilik uchun Bundesliga Premer-liga yoki La liga kabi qizikarli emasdek, ommabop emasdek kurinadi. Ammo, bu haqiqatdan yiroq bo'lishi ham mumkin. Kuzatuvchilarning fikricha, Bundesliga butun dunyo buyicha o'zining doimiy muxlislariga ega. Yaqinda Angliyada chop etila boshlagan, va butun dunyodan obuna bo'lina boshlagan «Halb Vier» jurnali bunga misol.

Angliyadan Bundesliga matchlari uchun Germaniyaga uchib keladigan muxlislar ham koronavirus pandemiyasiga qadar talaygina bo'lgan. Xush, Angliya futbolsevarlariga nima etmaydi? Nemis futbolining o'ziga xosligi nimadan iborat? Mening fikrimcha, Bundesliga bu muxlislarning ligasi. Angliya ligasining sifati, o'yinchi, trenerlarning saviyasi haqida gap yo'q. Ammo, ulardagi cheklovlar, muxlislarning so'z erkinligi ham farqli.

Bundesliga fanatlar uchun. Bundesligaga muxlislar egalik qiladi. 75 foizi oligarxlarga tegishli bo'lgan Angliya futbolidan Bundesliga ancha boshqacha - u xalqniki. Aynan shu jihatini sogingan, futbol tribunasida baqir-chaqir qilib ashula aytgisi kelgan anglichanlar samolyotga o'tirib Germaniyaga futbol ko'rish uchun kelishining sababi ham shunda. Ular Bundesliga o'yinlarini 80 yillarning Angliya futboliga o'xshatishadi narxlar ham arzonroq.

74475 mingta muxlisni sig'dira oladigan Berlindagi «Olimpiyskiy» stadionida «Geisterspiel» yani «arvoh o'yinlar», maska va dezinfektantlar bilan davom etgan «Gerta» esa hamon muxlislar qalbida. «Gerta»chilar klub sharflarini o'rab, «firmenniy» shokoladini ko'tarib mehmonga borishadi, krujkalardan kofe ichishadi. Ular «tirik» futbol boshlanishini sabrsizlik bilan kutishdi.



Matluba Mustaeva 

Berlin, Germaniya

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика