So’nggi yangiliklar

14:14Расман: Серж Орье Остон Ўруновнинг жамоадоши бўлди  0 14:00Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада   39 13:52"Фенербахче" "Барселона" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолайди  0 13:27Эрон матбуоти: Машарипов Суперкубокда ўйнай олади  3 13:06Гёкереш "Арсенал"да дебют қилмасиданоқ рекорд қўйди  2 12:34"Зенит" собиқ футболчиси: "Файзуллаев ўйнамоқчи"  3 12:06Далот МЮ Мбеумо ва Кунья билан шартнома имзолаганидан хурсанд, чунки у энди уларга қарши ўйнашга мажбур эмас  0 11:39МЮ АПЛ ва Бундеслига юлдузлари билан ҳужумни кучайтирмоқчи  1 11:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди!  6 10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  1 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  2 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  3 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  7 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  12

Bu safar Superkubokda "Bunyodkor" "Lokomotiv" bilan o'ynaydi Yangiliklar

Bu safar Superkubokda "Bunyodkor" "Lokomotiv" bilan o'ynaydi

Mana bir necha yillardan beri muxlislarni qiziqtirib kelayotgan Superkubok uchun bu safar Toshkentning ikki jamoasi - "Lokomotiv" va "Bunyodkor" maydonga chiqadi.
"Bunyodkor" ham kubok, ham chempionatda zafar quchgani uchun barcha erda bo'lgani kabi bu o'yinda mamlakatning vice chempioni ishtirok etishi lozim. 2013 yil "Paxtakor" - "Bunyodkor", 2012 yil "Bunyodkor" - "Nasaf", 2011 yil "Paxtakor" - "Bunyodkor" jamoalari superkubok uchun "maydonga tushganlar"...

Har mavsum yakuniga etganida va yangi mavsumning birinchi turiga qadar muxlis va mutaxassislarni qiziqtiradigan eng ko'p savol "Superkubok bu yil o'tkaziladimi?" bo'ladi. Mana biz birinchilardan boshlab yubordik, PFL vakillari, "o'zim aylanay" bu safar klublarimizni vaqti bo'lsa bitta superkubok o'tkazib yuboringlar. Huvillagan Toshkent stadionlarida emas, rostmanasiga muxlis kiradigan viloyatlardan birida. Ishonavering, chipta bozoridan tushadigan pullarning o'zidan barcha xarajatlarni qoplab olasizlar. Juda bo'lmasa, 2 hafta ichida dastur tayyorlab viloyat futbol federaciyalariga yuboring, superkubokka mezbonlik qilish uchun kurashadiganlar paydo bo'lar. Hech bo'lmasa 2ta chiqsa, xarajatlar ham kamayadi. Ha endi, mezbonlikni qo'lga kiritish uchun ikki viloyat kim o'zarga o'ynaydi. Biri “Men mehmonxonalarni ham bepul jamoalarga taqdim etaman” desa, biri “Ana boring, hamma harajat mendan” deb yuborishi mumkin.

Aslida tanganing ikkinchi tomoni ham bor. 2013 yil boshida PFL rasman ikki klub "Paxtakor" va "Bunyodkor"ga superkubokni taklif etdi. Lekin bu klublarimiz OCHLga tayyorgarlik ko'rayotganliklari uchun o'z taqvimlaridan joy topa olmadilar. 4 noyabrda yakuniga etgan chempionatimiz taxminan 2-3 mart kunlari start oladi. Roppa-rosa 120 kunni o'z ichiga olgan 4 oy muddat ichida 2 kunni superkubokka ajrata olmaslik kulguli. SHunday ekan, vaqt yo'q degan bahona o'tmaydi. Balki klublarimiz o'z reytinglarini boy berishdan qo'rqarlar? Bu ham haqiqatga yaqin nazariya. SHunday ekan, PFL qizini turmushga berayotgan zamonaviy ota kabi rozilik so'rashi emas, mana shu kunga, mana shu stadionga, mana shu soatda etib kelinglar, superkubok bo'ladi deb aytsin, bo'ldi gap tamom. Vaqti yo'qmi, PFL qoshidagi musobaqaga bo'ysunmayaptimi, muxlis uchun o'ynamayaptimi, marhamat, jarimaga tortilsin, o'rniga o'ynaydiganlar etarlicha topiladi. PFL va muxlislarni hurmat qilmagan jamoalarni biz ham hurmat qilishga majbur emasmiz. 2014 yil muxlislar uchun nimadir qilinmasa, futbolga sal jilov berilmasa boshqa ovunadigan narsamiz qolmadi. Endi bir yoqadan bosh chiqarib ishlamasak bo'lmaydi. Har safar PFL binosiga kirib bironta vakili bilan gaplashsangiz, "Sen to'g'ri aytayapsan", -deydi-yu, o'z bilganidan qolmaydi...

Keyingi yil oliy liga jamoalari sonini saqlab qolgan holda o'yinlar sonini oshirish kerak. Bu qanday yo'l bilan amalga oshiriladi, baribir bizning fikrimiz inobatga olinmaydi. 2014 yilda muxlislar uchun biron-bir jiddiy o'zgartirish kiritilmasa keyin kech bo'ladi, juda kech!

Xayrullo Xoliqov:
Fikrimcha, Superkubok kerak. CHunki futbol sevib tomosha qilinadigan aksariyat mamlakatlarda chempion hamda Kubok sohibi o'rtasida Superkubok uchrashuvi o'tkazib kelinadi. Xo'sh, biz yilni qanday boshlashimiz kerak? Dastlab Superkubok, keyin oliy liga, keyin O'zbekiston Kubogi, keyin birinchi liga va hokazo...

Yilni yakunlash esa quyidagicha bo'ladi. Dastlab birinchi ligani tugatib olamiz, keyin oliy ligani va oxirida O'zbekiston Kubogi finali o'tkazilsa juda qiziq bo'larmidi. Bu yilgi Kubok finali unchalik qiziq o'tmadi. Har holda milliy chempionat tugamay turib finalni o'tkazib olish g'alati ekan. SHunday ekan, agar PFL har mavsumni Superkubok o'tkazish bilan boshlasa, zo'r ish bo'lardi. Nazarimda, Superkubokni aynan mavsum boshida, yani oliy liga boshlanmasdan oldin o'tkazish kerak. Hatto birinchi davradan keyingi tanaffus vaqtida o'tkazish ham unchalik qiziq bo'lmaydi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика