So’nggi yangiliklar

19:02Жалолиддин Машарипов: "Катанец билан бундай ҳолат рўй бериши биринчи марта эмас"  2 19:00Ихор Корсун: "Турнир давомида бизни қўллаб-қувватлаб турган ўзбекистонлик ва қозоғистонлик мухлисларга миннатдорчилик билдираман"  0 18:41Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоаси КХДРга қарши сафар учрашувини Лаосда ўтказади  3 18:31Даниил Абакшин: "Энг яхши тўпурар ва ассистентлар сафида бўлиш ёқимли"  0 18:18Уассини Гирио: "Ҳисоб 0:2 пайти гол урдик, кейин нималар бўлганини билмайман"  0 18:07Суҳайл Муҳиддин: "Украинага қарши ўйинга тайёр эмасдик"  0 17:49Ҳендерсон Премьер-лигага қайтиши мумкин  0 17:22Тимур Кападзе: "Сречко Катанецга соғлиқ тилаймиз. Ўйлайманки, ассистентлар бу вазиятдан чиқиб кетади"  26 16:58Жаҳон чемпионига айланган Бразилия футзалчилари қандай фикрда?  0 16:30Аргентина футзалчилари финалдаги мағлубиятдан сўнг нималар дейишди?  1 16:04Transfermarkt Франция чемпионати футболчиларининг нархини янгилади. Абдуқодир Ҳусановнинг янги нархи қанча бўлди?   11 15:56"Арсенал" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтиришга тайёр  0 15:29Слот "Ливерпуль" тарихига кирди  1 15:00Шенсни қачон "Барселона" сафида майдонга тушиши мумкин?  0 14:36"Пахтакор" - "Динамо" учрашуви таҳлили: ҳакам нечта хатога йўл қўйди?  15

"Bu safar mo'jiza yuz bermadi, xohlagandik, o'xshamadi" Yangiliklar

"Bu safar mo'jiza yuz bermadi, xohlagandik, o'xshamadi"

Bu mening emas, "Barselona"ga befarq bo'lmagan bir do'stimning gapi.

Ha, tarkibida jahon yulduzlari bo'lgan "Barselona" o'zini ham, "Yuventus"ni ham rossa qiynadi. Ammo murosasiz o'tgan uchrashuvda oradagi farqni yo'q qilish tugul, bitta ham gol ura olishmadi kataloniyaliklar.

Jamoa avvalgi kuchini yo'qotayotgandek. Kelishgan qomat, o'sha chiroy, pardoz ham esdan chiqmagan, lekin nimadir yo'qolib qoldi. Motor mashinada qanday vazifa bajarishi hech kimga sir emas-a? "Barselona" o'yinida o'sha "motor" yo'qolib qolgandek. Aynan u sabab jamoa oldinlari istalgan raqib darvozasiga yo'l topa olar, manaman degan raqiblarni sal qolsa, "yig'latvorardi". Boshqa jamoa muxlislari, jumladan "Real" ishqibozlari tan oling, tahminan bundan 10 yilcha avval "Barselona" davri guvohi bo'lgandik. Barchaning o'z fikri bo'lishi tabiiy, ammo o'sha kezlari deyarli barcha sovrinni "Barsa" yutib ketaverdi. Biroq nima bo'lganda ham bu shunchaki fakt va uni deb hamyurtingiz bilan urushishga arzimaydi.


Bugungi kun "Barselona"siga qaytsak. Kuzatilayotgan "" vaqtinchalikmikin? Buni vaqt ko'rsatadi. Katta ehtimol bilan yozgi tanaffusdan so'ng, sizu-biz yana o'sha navqiron "Barselona"ning o'yiniga guvoh bo'larmiz. 

Baland parvozlardan so'ng, juda qattiq sho'ng'ishlar bo'lishi - hayot qonuni hisoblanadi. Ispan klubida o'sha davr boshlandi chamamda. 

To'g'ri, nisbatan kuchsizroq raqiblarni MSN uchligi hozirgi holatida ham ko'rdim demay, yanchib tashlaydi. Turinning "Yuventus"i, o'zining mustahkam himoyasi bilan, boshqa darajadagi raqib. SHu bilan birga, sal avvalroq Parijda, o'tgan hafta Turindagi qaqshatqich zarbalar bo'lmaganda, balki bugun ham: "Ie, qarang, "Barsa"ga bir nima bo'ldi. Bu shunchaki omad kelmagan o'yingina emas, balki jiddiyroq muammo" - deb bong urmagan bo'larmidik. 

Biroq o'sha yirik mag'lubiyatlar, ko'rib o'rganmaganimiz, "Barselona" ojiz qolib yutqazgan o'yinlar bo'ldi-ku. 

Javob o'yinidagi voqealar hali hali uzoq yillar davomida eslab yuriladi. "Kamp-Nou"da Neymar, Messi va jamoadoshlari ulkan ishni amalga oshirishdi, qoyil! Ammo, qon yutib erishildi o'sha natija. Bu har qanday jamoaning qo'lidan kelavermaydi. Lekin, ana o'shanda, birinchi o'yindan so'ng, xayolingizning bir chetidan, "Barsa"ga nima bo'lyapti" degan savol o'tmaganmidi? 

Ana o'sha savolga javob bera olasizmi? "Barselona" uyqusiragani yoki xohlamagani uchun emas, aynan o'sha kuni, o'sha xolatda bundan ortig'iga qodir bo'lmagani uchun yutqazdi.

Mark Freydkinning "Mej eshhe i uje" degan qo'shig'ini eshitganmisiz? Ana o'sha qo'shiqda: "Hali ham xohlaymizu, lekin..." degan jumlalar qayta-qayta takrorlanadi. 

To'g'ri, qo'shiqchi umuman boshqa narsalarni nazarda tutgan. Lekin "Barsa"ning hozirgi holatiga aynan o'sha gaplar mos tushadi. Jamoa yutishni, yorqin o'yin ko'rsatishni xohlayapti, ammo endilikda... O'xshamasa qiyin-da!

Tunda bo'lgan o'yinning ilk daqiqalaridan mezbonlar oldinga otilishdi, amalda nima bo'ldi? Hech nima. Axir, bir hafta avval "Yuventus" ulkan ishonch bilan raqibni to'psiz yugurishga majbur qilgani bilan, kechagi holatni solishtirish mumkinmi? 

Messi, Suares, Neymar va qolganlar qovoqlarini solib yurishdi, bor kuchlarini ishga solishdi, biceps, triceps va boshqa mushaklar ham qolmadi, mehnat qilishdi, Buffon darvozasi tomon deyarli aniq zarbalar berishdi. Deyarli aniq. Raqib esa bularning hech birini pisand qilmay, pinagini ham buzgani yo'q.

 

SHu kecha butun dunyo Evropadagi eng kuchli himoya chiziqlaridan birining xotirjamligini yana bir bor ko'rib qo'ydi. 

Balki "Yuve" CHempionlar Ligasida g'olib chiqsa, voqealar rivojiga nazar solsak, bu amalga oshishi haqiqatga juda yaqin bo'lgan hodisa, biz chempionga yutqazdik deb jamoa muxlislari o'zlarini biroz ovutishlari mumkin.

Lekin umuman olganda... Umuman olganda, kataloniyaliklar ijrosida bunday chinakamiga kuchsiz o'yinni oxirgi marta qachon ko'rganimizni eslash biroz mushkul vazifa. O'yin bo'yicha ham emas - raqib himoyasini yorib o'tish, gol urish bo'yicha! 

O'yin yakunlanar ekan, mezbonlar (ularning milliardlab muxlislari)ni nafaqat kuch balki keyingi bosqich umidi ham tark eta boshladi. Xattoki ikkita gol ham ularga hech narsa bermasdi. 

O'yindan avval Messi bu safar Buffonga gol ura oladimi, Neymar PSJ bilan o'yinda bo'lgani kabi, yana jamoani ortidan etaklaydimi, Suares nechta gol uradi, balki masala penaltilar seriyasiga etib borar va boshqa savollar... Ikkinchi bo'lim o'rtalariga kelib, "Barselona" "avtopilot"da to'pga egalik qilarkan, savollar tobora kamayib boraverdi. 

Oxiri ikkitaginasi qoldi: birinchisi, mezbonlar hech yo'g'i bitta gol uradimi? Ikkinchisi, mana shu ishtiyoq Turindagi o'yin vaqtida qaerda yurgandi? "Barselona"dek kuchli klub mag'lub bo'lishi achinarli hol. To'g'ri, avvalgi bosqichda ko'rsatgan "qiliqlari" sabab, bu futbolchilar nafaqat klub, balki futbol tarixiga kirib bo'ldilar, lekin ishtaha tanovvul payti keladi deganlaridek, muxlislar ko'prog'ini kutishgandi.


Ana endi javoblarga kelsak, birinchisi: yo'q, mezbonlar gol birorta ham gol ura olishmadi. Ikkinchisi: yozda ketaman degan Luis Enrike ham, uning shogirdlari ham tan olishmaydi. Turinda raqib "ko'kanorranglilar"ni "bog'lab" tashladi. Futbolchilarga (fitneschilar tili bilan aytganda) mushak massasi etishmadi. Tanadagi mushak massasi (myshechnaya massa) shunchaki yog'ga aylanib ketgandek. 

Afsus... CHindan kuchli jamoa. Mayli, keyingi o'yinlarda omad tilab qolamiz. "Yuventus"ga esa - CHempionlar Ligasi Kubogi. Hech bo'lmasa, Buffon bunga loyiq-ku!

P.S: "Kuni-kecha, hamkasbim maqolasining "kommentida" "Ertaga "Barsa" yutqazib qo'ysa, "SA"da motam bo'ladi" degan gapga ko'zim tushgandi. Etibor berdingizmi, sayt doimgidek ishlayapti, to'xtab qolgani yo'q. SHu sababli, sayt va uning xodimlarini "barsachi" yoki "Real Madrid"ga yon bosadi demasligingizni so'ragan bo'lardim. "SA" sizlar uchun ishlayapti, siz o'quvchilarsiz o'sha maqolayu, xabarlarning qiymati ham sezilmasdi. Lekin barchaga birdek yoqishning ham iloji yo'q. Jamoangiz yutqazib tursa, hech kim va hech nima yoqmay qolishi ham tabiiy hol. Lekin...    

Yana bir gap, to'g'ri jurnalist betaraf bo'lishi shart, lekin agar o'sha jurnalist futbolga qiziqmasa (qaysidir jamoalar o'yinini berilib tomosha qilmasa), uning maqolasi ehtirossiz so'zlar jamlanmasi bo'lib qolmaydimi?! 

Nima bo'lganda ham, futbol – bu o'yin. Asablaringizni asrang va yaqinlaringizni ehtiyot qiling!


Omonjon To'xtamirzaev


Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика