"Bu Ronaldo uchun oldinga tashlangan qadam"
10 jan 2024 21:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/775960_original.jpg)
![](/upload/storage/775960_220.jpg)
"Bu Ronaldo uchun oldinga tashlangan qadam"
"Levski" futbolchisi Ronaldo (Ronaldo Sezar Soares dos Santos)ning agenti Xulio Sezar Granxa mijozining "Rostov"ga o'tishi haqida gapirib o'tdi.
Agentning aytishicha, unga Rostov-na-Donu va klub infratuzilmasi maqul kelgan. SHuningdek, Granxa shartnoma imzolash jarayoni haqida ham malumot bergan.
"CHiroyli shahar. Hammasidan ham ko'proq maqul kelgani klub infratuzilmasi, betakror shahar markazi va stadion — tariflashga til ojiz.
Ronaldoni ikkilantirgan holatlar bo'ldimi? Ha. Sababi orada bizga biroz g'alati malumotlar etib keldi. Biroq hozir barchasi joyida va Ronaldo Turkiyada tibbiy ko'rikdan o'tdi. Uning "Rostov"ga o'tishi — oldinga tashlangan qadam. Bizni barchasi qanoatlantirmoqda. SHartnoma qachon imzolanadi? Bugun yoki ertaga hujjatlar imzolanadi", — deya agentning so'zlaridan iqtibos keltiradi "RB Sport".
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar