So’nggi yangiliklar

01:59"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилиб, Европа лигасида ғолиб чиқди! Энди лондонликларда ҳам соврин бор!  92 01:58"Сирдарё ФА" бош мураббийи Аббос Махсталиев: "Мақсадимиз – академия ёшларига имконият бериш"  4 00:44"Локомотив" "Бунёдкор"ни мағлуб қилса ҳам гуруҳда қолиб кетган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 00:37Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду 935-голини урди  6 00:32Эндрик жароҳати туфайли Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади  1 00:05Илёс Зейтуллаев: "Футболда ғалабадан кўра, мағлубият кўпроқ сабоқ беради"   0 23:35Кейн Бундеслиганинг энг яхши футболчиси деб топилди  2 23:05Григорий Колосовский: "Ғалаба бор, лекин гуруҳ босқичида тўхтадик"  0 22:38Расман: Флик "Барселона" билан шартномасини узайтирди  3 22:09Никола Лазаревич: "Бугунги ўйинда футболчиларимнинг ҳаракатларидан кўнглим тўлди"  1 21:45Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир жамоага ҳурмат билан қараймиз"  0 21:24Ўзбекистон кубоги плей-офф босқичининг барча иштирокчилари аниқ. Қуръа қачон ўтказилади?  5 20:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичи якунланди. "Олимпик Мобиуз" кейинги босқичга йўлланма олди (бугунги натижалар)  12 20:23"Арсенал" Родриго билан музокараларни бошлади  5 19:48Ўзбекистон Кубоги. "Локомотив" 6 очко тўплаган бўлсада гуруҳда қолиб кетди, "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" кейинги босқичда  7

Bu qiziq. Sanjar Asqaraliev Murod Ismoilov bilan yuz bergan voqeaga munosabat bildirdi Yangiliklar

Bu qiziq. Sanjar Asqaraliev Murod Ismoilov bilan yuz bergan voqeaga munosabat bildirdi

"Andijon" - "Neftchi" o'yinidan so'ng nima bo'lgandi?

Avval xabar berganimizdek, “Andijon” futbolchilari bo'lmish Ibrohim Otaxonov bilan Sanjar Asqaralievning O'zbekiston chempionati va Kubok o'yinlarida ishtirok etish xuquqini beruvchi licenziyasini PFL olib qo'ydi. Bunga “Neftchi” bilan o'tgan o'yindan so'ng yuzaga kelgan janjal sabab bo'ldi. Xolatga oydinlik kiritish maqsadida bevosita uning “qahramonlaridan” biri bo'lgan Sanjar Asqaralievni suhbatga tortdik. 

- “Neftchi” bilan o'yin chog'ida mehmonlar ustozi Ismoilov jamoadoshim Otaxonovni bir necha bor onasidan kelib haqoratladi. Ibrohimni volidai muhtaramasi yaqinda olamdan o'tgandi. Rahmatlik onasidan kelib so'ksa, hech kim bunga chiday olmasa kerak. Boz ustiga yigit kishiga bunday gap eshitish og'ir. Ibrohim shunday haqoratlardan so'ng tabiiyki o'yindan keyin asablarini jilovlay olmadi va kiyinish xonasiga kirib ketayotganida Ismoilovga tazyiq o'tkazishga urindi. Men esa ularni ajratish maqsadida borganimdayoq, Murod Ismoilov menga qo'li bilan zarba berdi. Keyin o'rtamizda janjal biroz jiddiylashib ketdi. Bilsangiz kerak, bu murabbiyni yoqtirmayman. “Neftchi”dan aynan Ismoilov deb ketganman. SHundan beri unga bo'lgan hurmatim so'ngan. Janjaldan keyin IIB xodimlari tilxat yozdirib oldi. Ibrohim bilan Ismoilov yarashib olishgan bo'lsada, men u bilan yarashishni istamayman. 

- O'yinning ertasi kuni klub qarorgohida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda men va Otaxonovni licenziyasini PFL xodimlari so'raganini, agarda uni Toshkentga olib borib berilmasa, jamoadan 6 ochko olib tashlashi mumkin ekanligi borasida ogohlantirishgan. SHundan so'ng licenziyani PFLga taqdim etishdi. Endi PFL bosh direktori Farhod Magometov safardan kelgach, yakuniy qaror chiqarilar ekan. Farhod Abdualievich ayni damda yoshlar o'rtasida o'tkazilayotgan jahon chempionatida ishtirok etmoqda ekan. 

- Bugungi kunda mashg'ulotlarda ishtirok etyapmiz. Lekin to'g'risi, ishtiyoq yo'q. Mashg'ulotlarda nima uchun ishlayotganingizni ham tushunmaysan kishi. Ruhan salbiy tasirini o'tkazmoqda. Bosh murabbiy Edgar Gess kayfiyatimizni ko'tarishga urinmoqda va hali hammasi yaxshi bo'lishiga ishontirmoqda.

- “Neftchi” bilan o'yinda Ismoilovgami yoki kimgadir nimadir isbotlash uchun tushgan emasman. Hozir bunday yoshda emasman. Odatdagidek tayyorgarlik ko'rib, faqat yutish uchun maydonga chiqqandim. Murod Ismoilov men uchun hech kim emas. “Neftchi” ustozi bo'lsa, buni menga zarracha qizig'i yo'q. Unga nimanidir isbotlashni o'zimga ep ko'rmayman. 

- Farhod aka Magometov safardan kelgach kerak bo'lsa, oldiga borib uzur so'rashga tayyorman. SHuncha yil futbol o'ynab, faoliyatimni bunaqa xunik tarzda yakunlashni istamasdim. Har xolda ozmi-ko'pmi muxlislarni etiboriga tushganman. Futbolchilikni ham shunga monand chiroyli tugatmoqchiman – deydi Sanjar Asqaraliev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика