Bu qiziq! Olimpiadaga yo'llanma olgan erkin kurashchimiz futbol o'ynadi FOTO
30 jan 2016 13:51
Yangiliklar
Bu qiziq! Olimpiadaga yo'llanma olgan erkin kurashchimiz futbol o'ynadi FOTO
2015 yil Las Vegasda bo'lib o'tgan Jahon chempionati kumush medalini qo'lga kiritgan Ixtiyor Navro'zov o'zini futbolda sinab ko'rishga qaror qildi. Kurashchi "Olmaliq" - "SHo'rtan" o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib harakat qildi. Bu borada Igor SHkvirin quyidagi fikrlarni bildirdi:
"Ixtiyor Navro'zov O'zbekiston sharafini xalqaro maydonlarda himoya qiladi. U Jahon chempionati orqali Rio De Janeyrodagi Olimpiada o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Navro'zovni qo'llab-quvvatlash uchun maydonga tushirdik. Har holda u yakka sport turida ishtirok etadi, futbol esa jamoaviy o'yin. SHu bois biz uchun ham, Ixtiyor uchun ham qiziq bo'ldi. Maydonda 10-15 daqiqa harakat qildi. Aytish mumkinki yomon o'ynagani yo'q, har holda professional jamoaga qarshi o'ynadi. "Olmaliq" jamoasi Ixtiyor Navro'zovga Olimpiada o'yinlarida omad yor bo'lishini tilab qoladi. O'zbekistonlik sportchilarni doim qo'llab-quvvatlaymiz".






O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar