So’nggi yangiliklar

07:50Суперлига қайтмоқда. Бугун иккинчи даврага старт берилади  0 07:00Бугун Баҳодир, Ҳасанбой ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этади  3 01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  1 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  1 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  7 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  3 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0

Bu qiziq: Muxlisimizning Bangladeshdagi sarguzashtlari (3-kun) Yangiliklar

Bu qiziq: Muxlisimizning Bangladeshdagi sarguzashtlari (3-kun)

Assalomu alaykum o'zbek futbolining ashaddiy muxlis va muxlisalari.
Bugun judayam qiziq kun bo'ldi, siz azizlar uchun reportaj tayyorlash maqsadida mexmonhonadan chiqishim bilan qandaydir namoyishga o'xshagan “parad”ga duch keldim, o'sha zahoti suratga va videoga ola boshladim “parad” boshida qurollangan soqchilar ulardan so'ng esa yuk mashinasida temirli panjara ichiga ikkita chiroyli kelishgan yigitni qo'llariga kishan solib ularni qaergadir olib ketishmoqda!

Rosti nima bo'layotganini sal tushunganday bo'ldim va o'sha ikki yigitga achindim, menimcha ular qandaydir jinoyat qilishgan va ularni jazolash uchun qaergadir olib ketishayotgan edi. Yuk mashinasi ortidan orkestr, (odamni qamashyapti orkestrga balo bormi?) va yana taxminan 1000-2000 nafar odam qo'llarida Bangladesh tilida yozilgan banner va plakatlar ko'tarib olishgan.




Men qo'rqib ketibman, bu shou ekan


Taksi oldimda shahar aylanish maqsadida yo'lga tushdim roppa rosa 1,5 soat deganda taxminan 2 kilometr yurdik va sabrim chidamadi. Pulini to'lab piyoda ketishni afzal bildim, lekin ming afsuski piyodalar yo'laklari deyarli yo'q va odamlar yo'l chetidan yurishadi. Yo'l cheti esa o'ta xavfli, birinchi chorrahaga kelganimda nima bo'lsa bo'lsin deb bir iloj qilib chorraha o'rtasiga chiqib bir yarim daqiqa videoga oldim.

Dakkada odamlar riksha (velo-taksi), tuk-tuk (moto-taksi), va BTRlardan (avtobus) jamoat transporti sifatida foydalanishar ekan!

Taksiga esa deyarli chiqishmaydi (juda qimmat) avtobusni nega BTR deb ataganimni foto va videolardan bilib olasiz. Demak riksha: bu oddiy velosipedni uch g'ildirakli varianti bo'lib bitta odam uchun mo'ljallangan, lekin ko'p vaziyatlarda 3-4 kishi ham transport sifatida foydalanishar ekan. Riksha haydovchisi bilan 5 kishi. Ha aytgandek velosipedlardan yuk transporti sifatida ham foydalaniladi. Rasmda ko'rib turganingizdek 1 tonna suv ortilgan velosipedni ikki kishi qiynalib olib ketmoqda!
Navbat Tuk-Tuk (moto-taksi)ga. Unga ko'pi bilan 3 kishi o'tirar ekan va har bir tuk tuk yo'lovchi chiqishi bilan ichkaridan qulflanadi, sababi esa oddiy: tirbandlikda turganda o'g'rilar hujumidan himoyalanish uchun!!!



Bechorani qiynalishini qarang. Ex, shunday payt ona vatanimga borsam-u, tuprog'iga boshimni qo'ysam deyman. Mehmondo'st xalqimizni hurmat qilmay bo'ladimi. Men seni sevaman, O'ZBEKISTON!


Lekin tuk-tuk ham ko'pchilik uchun qimmat hisoblanadi va aksariyat aholi rikshaga chiqishadi, albatta masofa 5-10 kilometr bo'lsa.

BTR (avtobus) biz O'zbekistonda “Mersedes Benz” va “Isuzu” avtobuslaridan foydalamiz, bu erlarda esa vaziyat sal boshqacharoq. Deyarli barcha avtobuslarning ikki yonboshi ayovsiz ravishda qirilgan, sababi bir biriga yo'l bermaslik va kim birinchilik, avtobuslar yo'lovchilarni istagan joylarida olib istagan joylarida tushirib ketadilar. Xoh bu yo'l cheti bo'lsin, xoh eng kotta chorraha markazi, faraz qiling Toshkentda Xalqlar do'stligi chorrahasi o'rtasida avtobusdan odamlar sakrab tushib qolishmoqda, yoki Qo'qondagi CHorsu chorrahasida to'xtamasdan odam tushirib odam olayotgan avtobuslar...

Ishonmaysizmi? Rasm va videoni ko'ring...



Ha, aytgandek avtobus ustida ko'rpa to'shab yonboshlab dam olib ketsangiz ham bo'ladi.

Navbat taksiga: taksiga ko'plar ham chiqishmas ekan sababi oddiy rikshada 20 minutda boradigan joyingizga taksida 2 soatda borasiz, taksi chorrahada to'xtashi bilan bozor boshlanadi: kimdir ro'mol taklif qilsa, kimdir kartoshka taklif qiladi. Tilanchilarni aytmasak ham bo'ladi!
Mahalliy aholi ovqatlanish joylari ham unchalik havas qilgudek emas, ozgina xavfli ham, sanitariya tartib qoidalari – 0.

Katta savatga bodringni katta katta qilib to'g'rab tuz va qalampir sepib sotib yurishar ekan. Yana bitta yangi ichimlik kashf qildim, limonni siqib muzdek suvga aralashtirib shakar qo'shib “gazzis sprayt” qilib sotishar ekan.



CHanqadingmi, chanqog'ingni bos, "Sprayt" ich!

Bir iloj qilib KFS topdim barchasi alo darajada xattoki Kentukki amakini haykali ham super. Oshxona sotuvchilar kiyimi ham KFC (Dunyoga mashhur jo'jachalar).

Lekin, ammo, biroq saaaaaaaaal etibor bersam barchasi “feyk”, yani kopiya. Bilasizmi, barcha-barchasi kopiya, hattoki salfetkaga ham KFS yozuvini oddiy kraskada bosma ravishda tushirishgan. O'sha zahoti qochdim va tushlikni o'zim bilan olib kelgan qazi va patir bilan amalladim.
Yozayotganlarimni xabar deymizmi, maqola deymizmi bilmadim? Lekin bu bilan men aslo Bangladesh va uning xalqini yomonlamoqchi emasman. SHunchaki har bir davlatning o'ziga xos turmush tarzini yoritishni niyat qildim xalos. SHu kungacha ko'p davlatlarda bo'ldim, rivojlangani ham bor, rivojlanmagani ham. Lekin O'zbekistonimizdan qo'ymasin. 

Har bir xalqning o'z madaniyati va urf odatlari bor! Bu shaharda 20.000.000 aholi yashar ekan va ularning 30 foizi mutlaqo ishsiz ekan va yuqorida yozganimdek riksha ularni aksariyatining daromad manbayi. Agar bir kunda 5 dollar topsa o'zini baxtli hisoblar ekanlar!

Rasmlarim orasida ikkitagina internetdan izlab topgan surat ham bor, u rasmda mahalliy aholi qurbon Hayit bayrami kuni shaharga ketayotgan poezd.

Ha aytgandek hikoyam avvalidagi yuk mashinasida olib ketishayotkan ikki jinoyatchi haqida surishtirdim. Sal bo'lsa ham ko'nglim taskin topdi.



Bu kartoshkalarni sotib olib qozon kabob pishirsammikin ))


Bu yuk mashinasidagi ikki mahbus taniqli yosh kino aktyorlari ekan. Bu namoyish esa yoshlarni jinoyat yo'lidan qaytarish uchun qilinayotgan katta akciya ekan!

Yani jinoyat yo'liga kirmang, ortingizda ota-onangiz va yaqinlaringiz bor qiynalsangiz ulardan maslahat oling, jinoyat oxiri zindon bilan tugaydi va o'z umringizni panjara ortida hazon qilmang deb namoyish o'tkazilayotgan ekan.

Barchangizga tinchlik omonlik tilab qolaman, keyingi xabarlarimda Bangladesh haqida yanada to'liqroq malumot yig'ib siz azizlarga etkazmoqchiman, yani aholi soni, ishlab chiqarish, oila qurish va hokazolar. Ha aytgandek 29 mart kuni Bangladesh va O'zbekiston bir-birlariga qarshi maydonga tushishadi.

Jamoat transportining narxlari sizlarni qiziqtirib qo'ygan bo'lsa kerak-a? Unda eshiting: Riksha chamasi 10 km masofaga bizning pulga taxminan 1000 so'm. Uni bir kishi tortishini inobatga olsak, 1000 so'mga juda qattiq mehnat qilish lozimligini bilasiz. Moto esa 5000 so'm, taksi 20 000 so'm. Taksi biroz qimmatligi sababi, ular 10 km masofani 3-4 soatda bosib o'tishlari. Men bu vaqtda Toshkentdan Qo'qonga etib olib, yana qaytib perevaldan qurt sotib olayotgan bo'laman. 

Ikki kun oldin bizga muxlislik qilgan bangladeshliklar bilan endi qanday til topishsam ekan?


Hurmat va ehtirom ila sizning Abdurahmon Fozilov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика