Bu qiziq: Darvozabonlar murabbiyi "Qizilqum" tarkibida maydonga tushdi
28 avg 2014 15:25
Yangiliklar

Bu qiziq: Darvozabonlar murabbiyi "Qizilqum" tarkibida maydonga tushdi
Bundan bir necha yil avval futbolchilik faoliyatiga yakun yasagan, ayni paytda "Qizilqum" jamoasida ishlayotgan Baxtimurod Xayritdinov yana katta futbolga qaytdi.
Baxtimurod Xayritdinov so'nggi besh yil "Qizilqum" jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan edi. Hozir ham o'z vazifasidan ozod etilmagan holda ikkinchi davra oldidan jamoasi tomonidan PFL ro'yxatiga olindi.
"Paxtakor" bilan bo'lib o'tgan o'yinda Artyom Makosinga zaxira posboni sifatida o'rindiqdan joy olgan Xayritdinov, kuni kecha "Mashal" yoshlariga qarshi kechgan uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Ushbu bahsda nafaqadagi posbon uchta gol o'tkazib yubordi. U bundan xafa bo'lmasa ham bo'laveradi, boisi unga kimsan Maradona ikkita gol urdi, ha aynan Maradona. "Mashal" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Maradona Safarov ikki marotaba gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Fikrlar