So’nggi yangiliklar

07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  0 07:35Sofascore. Супер ўйин кўрсатган Файзуллаев ва Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  1 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  0 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  9 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  5 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  2 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  7 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  21 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  5

Bu qiziq. Butun bir avlod eshitib katta bo'lgan "EA Sports – it’s in the game" haqida Yangiliklar

Bu qiziq. Butun bir avlod eshitib katta bo'lgan "EA Sports – it’s in the game" haqida

Teglar :  KibersportEA SPORTS
Siz katta ehtimol bilan "EA Sports. It’s In The Game" iborasini Electronic Arts sport simulyatorlarida ko'p bor eshitgansiz.

Mana deyarli 30 yildan buyon Endryu Entonining xarizmatik ovozi hamon quloqlarimiz ostida jaranglaydi — afsonaga aylangan diktor. Biroq bularning hech biri bo'lmasligi ham mumkin edi.

O'tgan asr 90-yillari boshida dublyaj akteri Endryuni hech kim tanimasdi. Uning do'sti reklama biznesidan non topardi — kunlarning birida do'stining firmasiga "EA"dan so'rov tushadi. SHu o'rinda takidlash lozim, u vaqtlarda Kanada studiyasi moliyaviy jihatdan u qadar baquvvat bo'lmagan, shtatda bor yo'g'i — 7 nafar xodim bo'lgan.

SHunday bo'lsa-da, kompaniyaning ovozlashtirish jarayoni uchun bir nechta nomzodlar bo'lgan. Endryuning o'zi esa darhol "EA"ga yordam berishga rozi bo'lmagandi — o'sha vaqtda u shunchaki kompaniya haqida hech nima bilmasdi. Ammo Electronic Arts unga Vankuverga safar xarajatlarini qoplab berishni vada qiladi, Entoni esa o'sha erdagi do'sti bilan ko'rishish niyatida bo'ladi. Keyinroq afsonaviy iboraga aylangan so'zlarni Endryu EA uchun tekinga yozib bergan.

Birinchi versiyada mashhur ibora boshqacharoq bo'lgan: "If it’s in the game, EA Sports, it’s in the game". Entoni uni o'zi o'ylab topgan, lekin keyinroq uni yanada soddaroq ko'rinishga o'zgartirgan.

O'yinda uning ovozidan foydalanishganidan Entoni ancha keyin xabar topadi. Bir kuni o'g'li o'yinni yoqadi va Entoni o'z so'zlarini eshitadi. SHundan buyon vaqti-vaqti bilan o'zining mashhur so'zlarini muxlislar uchun takrorlab turadi.

Endryu keyinroq qo'llanma chiqaradi, aynan unda quyidagi so'zlarni to'g'ri talaffuziga ham to'xtalingan: "EA Sports" — bu shunchaki, engil aytib o'tib ketadigan so'z emas. Jumla bir oz agressiv va aniq talaffuz qilinishi lozim. Siz Xuddi "steyk" dardida bo'lgan och kuchuk kabi tajovuz bilan talaffuz qilar ekansiz, ovozingizga biroz takabburlikni qo'shamiz va barchasi xuddi qo'shiqdek yangraydi".

U "EA Sports" bilan hamkorlikdan juda mamnun: "1992 yildan buyon sport simulyatorlarida mening ovozim ketayotgani, bu albatta, ajoyib". EA bugungi kunda ham dublyaj afsonasi bilan aloqada bo'lib turadi va muhim tadbirlarga taklif qiladi.

SHuningdek, Endryu doimo muxlislarni xursand qilishga tayyor:


Endryu Entoni so'zlari — yoshligida FIFA yoki EA Sports kompaniyasining boshqa bir o'yinini o'ynagan istalgan inson uchun bolaligidan yorqin bir xotira. CHamasi, yaqin yillarda bu shundayligicha qoladi. Xo'sh, saytimizning aziz o'quvchilari, siz bu iborani eslay olasizmi? Yoshligingizda "EA Sports"ning qaysi o'yinlarini o'ynar edingiz?    


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика