"Bu o'yinni o'zimiz berib yubordik"

Tolibjon Qosimov
27 noya 2024, 15:12
Tunda YCHL 5-turidan o'rin olgan qator uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

"Manchester Siti" klubi o'z maydonida "Feyenoord"ni qabul qildi va 3:3 hisobida durang o'ynadi. Vaholanki, Gvardiola shogirdlari 74-daqiqada ham 3:0 hisobida oldinda borishayotgan edi. O'yindan keyin "shaharliklar" himoyachisi Natan Ake fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu natijani qabul qilish qiyin. Biz 3:0 hisobida oldinda borayotgandik va o'yin omadli o'tayotgan edi. Bu o'yinni o'zimiz berib yubordik. Bu og'ir", - deya himoyachining so'zlarini keltirdi UEFA rasmiy sayti.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com