So’nggi yangiliklar

08:32"Насаф" футзал жамоаси уч нафар Қирғиз Республикаси терма жамоаси аъзолари билан шартнома имзолади  1 08:01Суперлига. Бугун 2-даврага старт берилади  1 07:30Sofascore. Элдор Шомуродов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  1 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  1 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  25 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  7 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1

“Bu kishi maktabda nima qilyaptilar?” – Odil Ahmedov futboldagi ilk ustozi Nabijon Haydarov bilan ilk tanishuvni esladi Yangiliklar

“Bu kishi maktabda nima qilyaptilar?” – Odil Ahmedov futboldagi ilk ustozi Nabijon Haydarov bilan ilk tanishuvni esladi

Baxtiyor Abdug'afur muallifligidagi “Odil Ahmedov: Orzuning shonli yo'li” kitobida futbolchining yoshligidagi voqea eslangan.

Odil Ahmedovning futboldagi ilk ustozi bo'lgan Nabijon Haydarov bilan birinchi marta qanday tanishgani to'g'risidagi hikoyani taqdim etamiz.

***

Birinchi darsni o'tdik. Ikkinchisini ham. Katta tanaffus bo'ldi. Nima qilishni bilmay turardim. Qarasam hamma tashqariga chiqyapti. Men ham qo'shilib ketdim. Maktab maydonida qiy-chuv ko'targancha bolalar, ular orasida yoshi kattalar ham bor, futbol o'ynashardi. Mendagi tortinchoqlik, allaqanday yotsirash darrov chekindi. Yugurib bordim. Mahallamizdagi qo'shni bolalar meni ko'rib darrov imladi.

- Odil o'ynaysanmi? Kel, bizga qo'shil, odam etishmayapti.

Darrov qo'shildim. Qizil rezina to'pga yugurdim. Novcharoq, katta sinfdagi bir bola koptokni hech kimga bermay, hammani aldardi. Darvozaga yaqin borganda ortiga qaytardida, boshqatdan aldashni boshlardi. Ermak qilgandek. Kichkinaligim, unga qaraganda kuchsizligimni ham unutib to'pga oyoq qo'yib yuboribman. Koptok uning oyog'idan uzilib sapchidi. To'pga birinchi bo'lib men etib bordim. To'pni olib, yugurgancha qarama-qarshi darvozaga – ikkita tosh tomon uchdim. Darvozabonni – yuqori sinfdagi yana bir bolani dog'da qoldirib gol urdim. Jamoamizdagilar xursand bo'lib ketishdi. Haligi novcha bolaning achchig'i kelganini yuz-ko'zidan bildim. U to'pni oldi, hammani birma-bir aldab chiqishga qasd qilgandek bizga yuzlandi. O'zicha bir-ikki harakat qilgan bo'ldi, fint ishlatdi, lekin yonimga kelganda nimadir bo'ldiyu, yana omadim keldi: koptokni olib qo'ydim. Yana uchdim. Yana gol…

- Hoy bola, hoy bola!.. Ha, sen, buyoqqa kel!..

Qirq besh – ellik yoshlardagi bir kishi – tog'am o'ynaydigan jamoa murabbiyi maydon chetida turib menga imlardi. CHo'chidim. Biror yomon narsa qilib qo'ydimmi, degan o'yga bordim. “Bu kishi maktabda nima qilyaptilar?” degich o'y ham ko'nglimdan oraladi. SHimimdan chiqib ketgan ko'ylagimni joyiga qaytarishga urinib bordim.

- Birinchi sinfga keluvdingmi?

- Ha…

- Kimning o'g'lisan?

- Olimjon akaning…

- E, o'zimizning Rahimjonning jiyanimisan?

U kishining yoqimli chehrasi va jilmayib gapirishidan ancha dadillandim.

- Meni taniysanmi?

- Ha, tog'amning domlalarisiz…

“Tog'amning domlasi” kulib yubordi. Bizda, Namanganda, ustoz yoki trener domla deyiladi. Kulgani shunga edi.

- Futbolni yaxshi o'ynarkansan. Maktabda domlaman, futbol to'garagimiz bor. Kelgin, xo'pmi? Menda shug'ullanasan, tushundingmi?

- Xo'p, domla…

Bu kishi futboldagi ilk ustozim Nabijon Haydarov edi.

Etti yoshda edim, birinchi sinfda o'qirdim…

***

“Odil Ahmedov: Orzuning shonli yo'li” kitobidan


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика