So’nggi yangiliklar

21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  0 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  7 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  4 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  20 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  4 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1

"Bu jamoada chempionlik uchun imkoniyat yo'q. Takliflar doim bo'lgan, lekin..." - Marko Stanoevich kimni nazarda tutdi? U "Nasaf"da baxtlimi? Yangiliklar

"Bu jamoada chempionlik uchun imkoniyat yo'q. Takliflar doim bo'lgan, lekin..." - Marko Stanoevich kimni nazarda tutdi? U "Nasaf"da baxtlimi?

"Nasaf" tarkibida bir necha yildan beri barqaror to'p tepib kelayotgan legioner Marko Stanoevichdir.

Futbolchi bu mavsumda ham jamoasining muvaffaqiyatlariga munosib hissa qo'shishga harakat qildi. Ayrim pallalarda unga omad etishmagani ham bor gap. Marko bilan mavsum yakunlari, mundial va boshqa mavzularda suhbatlashdik. 


- Dstlab Jahon chempionati uchrashuvlariga to'xtalsak. Kechagi bahslarni tomosha qildingizmi? 

- Albatta. Mundialdagi o'yinlarni diqqat bilan kuzatib bormoqdaman. Musobaqaning barcha favoritlari bu bosqichga etib keldi. Franciya, Angliya, Argentina o'z o'yinlarida g'alaba qozondi. Francuzlar dastlabki uchrashuvlardanoq yaxshi o'ynab kelyapti. CHempionlik uchun favoritlardan biri. Angliya esa xayron qoldirmadi. Fikrimcha, ularda chempionlikni qo'lga kiritish uchun imkoniyat yo'q. 

- Turnirda nima ko'proq etiboringizni tortyapti?

- Syurpirizlar ko'p bo'lyapti. Osiyo klublari kutilmagan natija ko'rsatishda ancha etakchi. Yaponiya va Koreyani guruh bosqichining kashfiyotlari, deb bemalol aytish mumkin. Germaniyaning erta xayrlashishi esa albatta ularga alam qilgani tabiiy. Ammo bu - futbol. 

- Borgan sari jamoalar saralanib bormoqda. Kim uzoqroqqa boradi?

- Argentina va Franciyaning ko'rsatayotgan o'yinlari yanada oldinga qarab siljishiga sabab bo'lishi mumkin. O'yin tomonlama ular Angliya va Niderlandiyadan kuchli. 

- "Nasaf" bilan uchinchi mavsumingizdan qanday xotiralar qoldi? Umumiy poyoniga etib borayotgan yil haqida...

- Mavsum uzoq va qiyin, shunga yarasha qiziqarli ham o'tdi. Afsuski, chempionlikni qo'lga kirita olmadik. Biroq kubokni qo'lga kiritdik, OCHLda guruhdan chiqdik. Bularni yil uchun kam yutuq demasdim.  CHempionlikka munosib edik, deya olaman. So'nggi ikki turda omad bizdan yuz o'girdi. 

- Keyingi rejalaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?

- "Dinamo"ga qarshi uchrashuvda tizzamdan jarohat olgandim. Jarrohlik amaliyotini o'tkazdim. Hozir esa tiklanish jarayoniga kirishganman. Rejam tezroq safga qaytish va "Nasafga yordam berish. 

- Demak yangi mavsumda ham sizni "ajdarlar" tarkibida ko'ramiz?

- Xudoga shukurki, takliflar doim bo'lgan. Bu odamni xursand qiladi. Lekin men "Nasaf"da baxtliman. Umid qilamanki, Qarshida qolaman va faoliyatimni davom ettiraman.

- Dragan CHeran bilan birga tushgan suratingizni izohlay olasizmi?

- CHeran menga akadek. U jarrohlik amaliyotidan so'ng meni shifoxonadan olib chiqishga ko'maklashdi. 

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика