So’nggi yangiliklar

10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  1 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  0 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  7 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  6 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  7 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0

Bu boshqa Kanada Yangiliklar

Bu boshqa Kanada

So'nggi to'rtta o'yinda amerikaliklar Kanadaga qarshi faqat bitta o'yinda g'alaba qozonishgan. Kanada ikki marta AQSHni mag'lub etdi. Bungacha kanadaliklar 34 yil davomida futbolda Amerikani mag'lub eta olmagan.

Kanada terma jamoasi darvozaboni va uchrashuv qahramonlaridan biri Milan Boryan saralashning 10-turida g'alaba qozonganidan so'ng fikr bildirdi. "Avval AQSH bilan o'ynaganimizda, raqiblarimiz "Kanada bilan o'ynaymiz, demak jon kuydirishimiz shart emas", deyishardi. Ammo endi ular bizdan qo'rqishadi. Ha, qo'rqishadi. Oxirgi to'rt-besh o'yinda bizdan cho'chib harakat qilishdi. CHunki bizda ajoyib jamoa shakllandi. Bu jamoa yangi Kanada. Kanadaga yangi futbol havosi kirib keldi, biz kelajak avlod uchun kurashni davom ettiramiz va Kanada futbolini butkul o'zgartiramiz".

Boryanning gaplarida jon bor edi.

10 ta o'yindan so'ng Kanada kuchli sakkizlikka ega guruhni boshqaribgina qolmay, birorta ham o'yinda mag'lubiyatga uchramadi. Amerika shimolining shimolidagi terma jamoa AQSH va Meksika safarlarida durang qayd etgan bo'lsa, o'z uyida AQSHni mag'lub etdi. Kanada eng yaqin taqibchisidan 4 ochko oldinda va to'rtinchi o'rindan 5 ochko yuqorida, bu hali Qatarga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olish uchun etarli emas.

Qolaversa, kanadaliklar bu g'alabani Devis va Eushtakiusiz qo'lga kiritishdi.

O'yin oldidan AQSH ham muammolar etarlicha edi. Vea Kanadaga kela olmadi, chunki Kanada qonunlariga ko'ra, u to'liq emlanmagandi. Franciyaning "Lill" klubi hujumchisi COVID'ga chalingach, Franciya qonunlariga ko'ra, emlandi. Kanada rasmiylari ikkinchi emlashni talab qilishdi, Vea esa bunga ulgurmadi.

Vea yo'qligida Berxalter Aaronssonni o'ng qanotga qo'ydi, Zardes esa Ferreyra o'rniga markaziy hujumchi sifatida maydonga tushdi. Qolaversa, Salvadorga qarshi o'yinda jarohat olgan Zimmerman o'rnini Robinson egalladi.

O'yin jarayonini tezkor gol belgilab berdi. Bu voqea 7-daqiqadayoq sodir bo'ldi.

Amerikaliklar Salvador bilan o'yinda bo'lgani kabi to'pga ko'proq egalik qilishdi va ko'proq zarba berishdi, ammo Kanada aniq harakatlar, bazan esa qo'polliklar evaziga darvoza daxlsizligini saqlab qoldi. Boryan darvozasida oldida ikkita dahshatli vaziyat yuzaga keldi. O'yin oxirrog'ida Pulishich jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo'ldi, uning kuchli zarbasini posbon egallab oldi. Undan oldinroq aynan u burchak to'pini amalga oshirgandan keyin Makkenni boshi bilan yo'lladi, Boryan esa darvoza to'sini ostidan qoyilmaqom seyvni amalga oshirdi.

Terner ham xatosini tuzatish imkoniyatiga ega bo'ldi, avval Devidning zarbasini qaytardi, keyin esa Larinning gol urishiga yo'l qo'ymadi.

Ammo kanadaliklar baribir ikkinchi golni urishdi. Qo'shib berilgan 5-daqiqada jamoa tezkor qarshi hujumga o'tdi, Adekugbe Terner bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va uchrashuvga nuqta qo'ydi.

Saralash bosqichi yakuniga qadar yana 4 ta o'yin bor. Agar Kanada Qatar yo'llanmasini hal qilishga muvaffaq bo'lsa, amerikaliklar uchun yoqimsiz bo'lishi tabiiy. 


Mart oyida AQSHni qiyin uchrashuvlar kutib turibdi. Meksikaga qarshi o'yin, Kosta-Rikaga safar bahsi va hozirda 4-o'rinda borayotgan va bir ochko kam jamg'argan Panama bilan uy uchrashuvi amerikaliklarni ko'proq ter to'kishga majbur qiladi. Ushbu bahslarda ochko yo'qotish AQSHni kuchli uchlikdan chiqarib yuborishi va bu mundial sari manzilni uzoqlashtirishi mumkin.

O.A

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика