Brunu Fernandesh va MYU yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi
31 mar 2022 16:04
Yangiliklar
Brunu Fernandesh va MYU yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh faoliyatini Angliya klubi tarkibida davom ettiradi.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, tomonlar shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishishdi.
Yangi bitim 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bo'ladi. Portugaliyalik MYUda 14-15 mln evro maosh oladi.
27 yoshli futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Fikrlar