Brunu Fernandesh “Brayton”ga qarshi o'yinda to'pig'idan jarohat oldi
25 apr 2023 09:18
Yangiliklar
Brunu Fernandesh “Brayton”ga qarshi o'yinda to'pig'idan jarohat oldi
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Angliya kubogi yarim finalida “Brayton”ga qarshi o'yinda to'pig'idan jarohat oldi.
Fernandesh yakshanba kuni bo'lib o'tgan “Uembli”dagi uchrashuvning qo'shimcha bo'limida almashtirilgandi. “Yunayted” o'z vice-sardorining ahvoli haqida izoh bermadi, ammo Brunu Fernandeshning rafiqasi “Instagram” sahifasida futbolchi tayoqchada va o'ng oyog'ida maxsus himoya oyoq kiyim bilan harakat qilayotgani malum qilgan.
28 yoshli futbolchi “Manchester Siti”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmasligi mumkin.
Fikrlar