Brunu Fernandesh APLda etakchi
17 fev 12:23
Yangiliklar
Ayni paytga kelib APL joriy mavsumida eng ko'p vaziyat yaratgan futbolchi "Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh bo'lib turibdi. Portugaliyalik futbolchi sheriklari uchun 70ta vaziyat yaratishga ulgurgan. Undan keyingi eng yaxshi natijani birdaniga 3 nafar o'yinchi qayd etib turibdi. "Arsenal" vakillari Martin Edegor hamda Bukayo Saka, shuningdek "Nyukasl" etakchisi Kiran Tripper bir xil 61tadan vaziyat yaratishgan. "Brayton" azosi Paskal Gross esa 59ta vaziyat yaratgan. Eng qizig'i, Brunu eng ko'p vaziyat yaratganiga qaramay joriy mavsum assistlari soni bor yo'g'i 5ta. Bu MYUdagi vaziyatlardan unumli foydalana olmaslik muammosi bilan bog'liq. Vaziyatlar yaratishda Brunudan past ko'rsatkichga ega Tripperda 10ta assist, Grossda 8ta, Sakada esa 7ta golli pas bor.
Malumot uchun Brunu Fernandesh 2020/2021 yilgi mavsumda ham APLda eng ko'p 95ta vaziyat yaratgan. 2021/2022 yilgi mavsumda esa 89ta vaziyat bilan bu borada ikkinchi bo'lgan.
Angliya Premer ligasi turnir jadvali >>>>> APL
Fikrlar