So’nggi yangiliklar

00:45Миллатлар лигаси доирасида тўққизта ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 00:20"Манчестер Сити" январда Гвардиоланинг клубдаги келажаги бўйича қарор қабул қилишини кутмодқа  0 23:53Ўртоқлик ўйини. Россия Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди  4 23:22"Реал" 21 ёшли ҳимоячи учун 90 млн евро сарфлаши мумкин  2 22:59ЖЧ саралаши. БАА Қатар дарвозасига жавобсиз бешта гол урди. Ўзбекистонга "кела олмаган" Лимадан покер  192 22:39Буффон ўзи билан бирга ўйнаган энг кучли футболчи ким бўлганини айтди  5 21:30ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия Саудия Арабистонини сенсацион тарзда мағлубиятга учратди  19 21:08ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси Эронга қарши камбэк қайд этишга яқин келди, аммо якунда барибир мағлуб бўлди  11 20:33КХДР терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши ўйинларни яхши ўтказдик, аммо..."  23 19:59"Милан" "Монпелье" хавбекини қўлга киритмоқчи  0 19:47Сречко Катанец: "90 дақиқа бир хил ўйнайдиган жамоаларни топиш қийин бўлса керак"  148 19:42Влахович Данияга қарши ўйинда жароҳат олди  0 19:10ЖЧ-2026 саралаши. Сафарда қийинчилик билан уч очко қўлга киритдик  59 18:59ЖЧ-2026 саралаши. Япония сафарда Хитойни ишончли тарзда мағлуб этди  13 18:51Омадимиз келди, Юсуповга эса раҳмат. Ўзбекистон қийинчилик билан КХДРни мағлуб этди  667

Britaniyalik Pirs Morgan 2022 yilning so'nggidagi asosiy futbol masxarabozimi? Yangiliklar

Britaniyalik Pirs Morgan 2022 yilning so'nggidagi asosiy futbol masxarabozimi?

Balki yil masxarabozidir?

Noaniq iqtiboslar qiroli

Britaniyalik jurnalist Pirs Morgan so'nggi bir oy ichida aqlbovarqilmas mashhurlikka erishdi. U oldin ham vatanida taniqli bo'lgan, ammo Krishtianu bilan mojaroli intervyudan so'ng tanilishning yangi darajasiga chiqdi. Ammo, bu bilan barchasi tugamadi — Pirs jahon chempionati vaqtida Ronalduni doimiy ravishda maqtadi va Messini kamsitilgan postlarni yukladi. U bilan yaqindan tanishish vaqti keldi.


Pirs Morgan nimasi bilan mashhur?

Pirs Morgan jurnalistikada 30 yildan oshiqroq vaqtdan beri faoliyat yuritadi. Britaniyalik hozirda portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu bilan bir nechta intervyulari bilan ko'proq tanilgan. Mojaroli intervyuchi bunga qadar o'zining shaxsiy shousi bo'limsh "Pirs Morganning hayot tarixi" (2009dan 2021 yilgacha chiqqan) va Amerikaning CNN telekanalida ishlagan.

57 yoshli insonda nashrlardagi jiddiy lavozimlar ham bo'lgan. Misol uchun u Daily Mirror va The Sun kabi gazetalarning bosh muharriri bo'lgan. Buyuk Britaniyada ushbu OAVni "sariq" deya hisoblashadi.

Jurnalist futbolga bo'lgan qarashlarini yashirmaydi — u Londonning "Arsenal" klubiga muxlislik qiladi. Ronaldu 2021 yilda "Manchester Yunayted"ga qaytganida, Morgan muxlisini APLda yaxshi kutib oldi va sevimli jamoasiga gol urmaslikni so'radi. U bu mavsumda umuman Krishtianuni "kanonirlar" safiga to'liq jalb qildi. "Kanonirlar" muxlisining fikricha, jamoada Gabriel Jezus katta hajmdagi ishni bajargan, ammo ularga doimiy gol uradigan forvard kerak.


Qanday qilib Ronaldu bilan tanishgan?


Pirs Morgan shuningdek prodyuser ham. Ronalduga bo'lajak do'stining hujjatli filmlari juda ham yoqadi. Britaniyalik Daily Mail'dagi o'z ruknida futbolchi bilan tanishishni shunday tasvirlab berdi: "Munosabatlarimiz juda noodatiy ko'rinishda boshlandi. U uch yil oldin menga "Salom, ser, yaxshimisiz? Sizning qotillik haqidagi hujjatli filmingizni ko'rdim. Qotillar bilan intervyularingizni ko'rish juda ham ajoyib" deb yozdi. Sportdagi kumirlarimdan biri yozganidan dahshatga tushdim va o'z professional niqobimni kiydim. "Menimcha, bir bor sendan intervyu olish qiziqarli bo'lardi..." — deya o'lja tashladim". U esa "Ammo, men hech kimni o'ldirmaganman" deb javob qaytardi.

Aynan 2019 yilda taniqli duet birinchi intervyuni suratga olishdi. U portugaliyalikning otasi o'g'li bilan faxrlanishini aytgan video sabab Krishning yoshlari bilan esda qoldi.

Morgan va Ronaldu faqatgina kamerada suhbatlashishmaydi. Britaniyalik teleboshlovchi portugaliyalikni har qanday mavzuda gaplashishi mumkin bo'lgan hazilkash va ochiq yigit deya tariflaydi.



MYU haqidagi mojaroli intervyu


Ronaldu Morganga doim yaxshi javob qaytargan. Uning o'z do'sti orqali "Manchester Yunayted"ga qaratilgan gaplarini aytmoqchi bo'lgan bo'lsa ajab emas.

"Krishtianu xafa edi. Yaqinda u men bilan bog'landi va katta intervyu berishni xohlayotganini aytdi. U vaziyatni yoritmoqchi bo'ldi, sababi butun yil davomida aqlbovarqilmas sondagi tanqidlarni qabul qildi", — deydi teleboshlovchi mojaroli suhbatning maqsadi haqida.

Ronaldu bu intervyuda o'z jamoasi bo'lmish "Manchester Yunayted" va murabbiyi Erik ten Xagni ochiqchasiga tanqid qildi, hatto niderlandiyalikni hurmat qilmasligini bildirdi.

SHu bilan birga Morgan Ronaldu intervyudan qoniqqanini aytdi. "U nimani aytayotganini bilardi. U qanday reakciya bo'lishini bilgan", — dedi 57 yoshli reportyor. Krishtianu esa intervyudan biroz o'tib jamoasiz qoldi. "Manchester Yunayted" Qatardagi JCH paytida futbolchi bilan shartnomani bekor qildi.



JCH-2022 paytida nimalar dedi?


Morgan doimgidek mundial paytida Krishtianuni ijtimoiy tarmoqlarda maqtashda davom etdi. Uning izohlari asosan o'ta bemani va masharabozlikdan boshqa hech narsa emasdi.

"Ronaldu menga bosh bilan to'pga tekkanini tasdiqladi. Hatto Brunu ham bu gapga qo'shilmoqda", — deb izoh berdi u Fernandeshning Urugvayga urgan goli haqida. Ammo, FIFA bu to'pga Ronaldu tegmaganini fakt bilan ko'rsatdi. Morgan shuningdek transfer mish-mishlarini ham muhokama qiladi va Krishtianuning "Al Nasr" bilan ehtimoliy shartnoma haqidagi gaplarni rad etdi. U CHLda ishtirok etuvchi klubga o'tish maqsadi haqida gapirdi.

"Saudiya Arabistoniga yutqazgan odam", — deb javob qaytardi Morgan Lionel Messini bitta so'z bilan javob qaytarish so'ralgan postga.

Messi esa yakunda jahon chempionligini qo'lga kiritdi, Ronaldu esa ancha erta uyiga qaytdi.



Britaniyalik Argentinaning Avstraliya bilan o'yinidan so'ng Messi ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etishi kerak bo'lganini yozdi. 

Morgan shuningdek Marokashni JCH-2022 chorak finalida Portugaliya (1:0) ustidan qozonilgan g'alabasi bilan tabrikladi, ammo "Yana qancha tarixdagi eng buyuk o'yinchini zaxira o'rindig'ida saqlab qolishadi?" deb savol yo'lladi.

Ammo, Ronaldu o'sha o'yinning ikkinchi taymi boshida maydonga tushgandi. Jurnalist jahon chempionati finalida oldidan yana Ronalduni tarixdagi eng yaxshisi deya etirof etdi, ammo Maradona ikkinchi, Messi uchinchi yoki braziliyalik Ronaldodan so'ng to'rtinchi deb qo'shimcha qildi.



Yakunda JCH-2022 finali tarixdagi eng yaxshi futbolchi haqidagi gaplari uchun Pirs Morganning og'zini yopgandek tuyuldi. Unga esa farqi yo'q: "Ha, men bu tortishuvlarning butunlay tugashi tarafdoriman. Krishtianu tarixdagi eng yaxshi o'yinchi".



Morgan desertga Argentinaning Buenos-Ayresda chempionlikni nishonlashdagi vaziyatga atalgan sharhini berdi: "SHahar ko'chalarida 4 million atrofida inson? Va? Qolgan barcha 11 millioni hali ham Maradonani eng buyuk deb hisoblaydi".


Morgan oldin Messi tarafdori edi


Ronaldu bilan do'stlik Pirs Morgan uchun ko'p narsani o'zgartirib yubordi. U 2012 yilda Messini tarixdagi eng yaxshi o'yinchi deb atagan.



Morgan 2013 yilda Argentinada bir yo'la birinchi raqamli katolik (Rim Papasi Francisk) va dunyoda birinchi raqamli futbolchi bor ekanini yozgan.




Unga JCHda Ronaldu emas, Messi g'olib bo'lganini umuman yoqmadi. Unga qarshi fikr bildirish uchun Leoning uzoq kutgan sovrin bilan tushgan suratlarni o'z sahifasiga qo'ygani sabab bo'ldi.

"Xop, Lionel.. biz tushundik, sen JCHni yutibsan. Ammo, oshirib yuboryapsan"




"Barcha xeyterlarga bayram xabari" (Morganning so'nggi tviti, u muxlisi bilan birga)


Uning Ronalduni Daily Mail'dagi o'z ruknida 2008 yilda "buzuq bola" deb atagani qiziq. Albatta, Morganga bu gaplarini eslatishgan. Britaniyalik esa Krishtianuni shunchaki yaqindan bilib olganini bahona qilgan.


Alisher Ostonov maqolasi

Muallif : Alisher
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика