Britaniyalik milliarder "CHelsi"ni xarid qilmoqchi
01 may 2022 19:05
Yangiliklar


Britaniyalik milliarder "CHelsi"ni xarid qilmoqchi
Jim Retkliff "CHelsi"ni 5,3 milliard dollarga sotib olish taklifi bilan chiqdi.
INEOS neft-kimyo kompaniyasining 69 yoshli rahbari "CHelsi"ga muxlislik qiladi. U Franciyaning "Nicca" va SHveycariyaning "Lozanna" klublari hamda velosport va elkanli sport jamoalariga egalik qiladi.
"CHelsi" Britaniya hukumati klubning rossiyalik xo'jayini Roman Abramovichga nisbatan sankciyalar joriy etganidan keyin mart oyida sotuvga qo'yilgan edi.
"CHelsi"ni sotib olish uchun uchta konsorcium davogarlik qilmoqda, ularning barchasi amerikalik investorlardir.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar