Breytueyt Messining raqamini so'ramagan
31 avg 2020 20:08
Yangiliklar
Breytueyt Messining raqamini so'ramagan
OAVda "Barselona" hujumchisi Martin Breytueyt Lionel Messi ketgan taqdirda raqamini almashtirmoqchi ekani to'g'risida xabarlar tarqalgan edi.

O'sha mish-mishlarga daniyalik vingerning o'zi izoh berdi:
"Odamlar nima haqida o'ylashyapti? Albatta, men rahbariyatdan Messining raqamini so'raganim yo'q. Bu hurmatsizlik bo'lardi. Menimcha, bu kabi mish-mishlarni to'qib chiqaradigan odamlar hech kimni hurmat qilishmasa kerak.
Messi haqida ko'p yozilmoqda. Men nima bo'layotganini bilmayman. Uni faqatgina ajoyib o'yinchi va jamoadosh deb aytishim mumkin. U jahonda eng zo'r o'yinchilardan biri, Leoning ketishi "Barsa" uchun ulkan yo'qotish bo'ladi".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar