Brendan Rojers: "Jerardning tajribasi muhim o'yinlarda as qotadi"
23 sen 2014 22:38
Yangiliklar
Brendan Rojers: "Jerardning tajribasi muhim o'yinlarda as qotadi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Brendan Rojers jamoa sardori Stiven Jerrard haqida gapirib o'tdi.
Bizni Jerrardning yoshi qiziqtirmaydi. Stiven yaxshi va sifatli futbol ko'rsatmoqda. Stiven Jerrardning tiklanish jarayonlarini yaxshi o'tkazib kelamiz. Agarda siz Jerrardning o'yin staitistikasi va qilgan ishlariga baho bersangiz, u naqadar foydali futbolchi bo'layotganiga ishonasiz.
Stiven hozir shunaqa yoshdaki, biz uni har o'yinga boshqacharoq tayyorlashimiz kerak. Biz uning tajribasidan muhim o'yinlarda foydalanishni istaymiz. Agarda u o'yinga tayyor emasligini bilsak, demak uni boshqa yosh futbolchi almashtirib turishi mumkin. Jerrard imkon qadar kerakli bahslarda o'zining optimal jismoniy holatida bo'lishi kerak.
Fikrlar