Brendan Rodjers: O'ylashimcha, g'alaba uchun etarli ishni amalga oshirgandik
14 dek 2014 23:53
Yangiliklar


Brendan Rodjers: O'ylashimcha, g'alaba uchun etarli ishni amalga oshirgandik
Liverpul bosh murabbiyi Brendan Rodjers Manchester Yunayted uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
O'ylashimcha, biz g'alaba uchun etarlicha ishni amalga oshirgandik. Uchrashuv davomida ko'plab vaziyatlarni yaratdik. Ammo shu kuni De Xea darvozada ishonchli turdi. Bellashuvning eng yaxshi futbolchisi bu so'zsiz De Xea bo'ldi. Himoyada bir qator xatolarga yo'l qo'ydik va natijada ushbu xatolar bizni muhim ochkolardan mosuvo etdi. Gol urishda qiynalmoqdamiz. Agarda ushbu muammoni bartaraf etsak, keyingi o'yinlarda g'alaba qozonishimiz mumkin.

Fikrlar