Brendan Rodjers: Liverpul yanada o'sishi uchun birorta sovrin yutishi kerak. Evropa Ligasi ajoyib imkoniyat
17 fev 2015 00:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/162392_original.jpg)
![](/upload/storage/162392_220.jpg)
Brendan Rodjers: Liverpul yanada o'sishi uchun birorta sovrin yutishi kerak. Evropa Ligasi ajoyib imkoniyat
Futbolchilar chempionati o'yinidan keyingi tiklanish jarayonini o'tkazishmoqda.
Biz Evropa ligasi doirasidagi "Beshiktosh"ga qarshi bo'ladigan bahsni
intizorlik bilan kutmoqdamiz.
Evropa ligasi ajoyib musobaqa
hisoblanadi. Bizning maqsadimiz ushbu turnirda munosib qatnashish.
"Beshiktosh" bilan bo'ladigan uchrashuvlar oson bo'lmasligi aniq. Lekin
bizning g'alabaga bo'lgan chanqog'imiz yuqori darajada. Yaqin yillar ichida
yanada o'sishga erishish uchun ham yangi g'alabalar zarur. Evropa ligasida g'olib
bo'lishni istardik. Bu biz uchun juda muhim sanaladi. Ushbu musobaqadagi
g'olib jamoa keyingi mavsumni ECHLda to'g'ridan-to'g'ri boshlashi turnur
nufuzini yanada oshiradi. G'alaba haqida o'ylashdan avval oldimizda turgan
uzoq yo'lni bosib o'tishimiz kerak.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar