So’nggi yangiliklar

14:36Англиянинг 3 та клуби Гарначога қизиқмоқда  0 14:07"Барселона" Гави борасида бир қарорга келди  0 13:39Мюллер: "Бавария" ҳаво иссиқлигига қарамай, "Окленд Сити" билан ўйинда яйради"  0 13:12Руслан Жиянов: "Чемпионлик учун охиригача курашамиз"  7 12:55Акмал Мозговой: "Ҳар бир жамоа бизга қарши борини бериб ўйнайди"  6 12:40"Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон ва Украина беллашувини кўришни истардим" – Максим Шацких билан катта интервью  8 12:27Эшитдик-да! "Нефтчи" Ўзбекистон МТЖнинг икки аъзосига қизиқмоқда  14 12:06"Манчестер Сити"га янги келган Шерки: "МЮни йўқ қилиш учун улар билан ўйинни кутяпман"  14 11:39Симеоне: "Энрике таркибни кучайтириши керак бўлганида, ПСЖ вингер учун 70 млн евро сарфлади"  4 11:11Гравина: "Гаттузо – Италия футболининг рамзи"  0 10:41“Арсенал“ 19 ёшли футболчи учун курашда “Челси“ни "енгди"  6 10:08ПСЖ украиналик футболчининг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  1 09:35ЦСКА вингери Туркия клубига ўтиши мумкин  2 09:04“У футбол ва футбол учун яшайди.“ Карлес Пуйоль Роналду ҳақида  6 08:30Хакан Чалханоглу фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  0

Breaking: Superliga-2019 formati tasdiqlandi Yangiliklar

Breaking: Superliga-2019 formati tasdiqlandi

Teglar :  Superligaformat
Superliga-2019ning formati tasdiqlandi.

O'zbekiston Superligasida vaqti kelib jamoalar soni 16 taga qadar oshishi mumkin. Ammo 2019 yilda ham chempionatda 12 ta klub g'oliblik uchun kurash olib boradi. Hammasi yil sayin raqobatbardosh klublar sonining oshishiga bog'liq.

2018 yilgi mavsumda Superliga bellashuvlari “oltin ochko” qoidasiga ko'ra o'tkazilgan va klublar jami 32 ta uchrashuvda maydonga tushgandi. Mazkur formatning eng asosiy o'ziga xosliklari sifatida markaziy o'yinlar sonining ikki barobar ko'p bo'lishi hamda chempionlik uchun kurash masalasiga autsayderlarning aralashmasligini ko'rsatish mumkin.

Professional futbol ligasi 2019 yilda 12 ta klub uchun ishlab chiqilgan ikkinchi formatni sinab ko'rishga qaror qildi. Unga ko'ra, jamoalar uy-safar tizimida jami 22 ta tur uchrashuvlarini o'tkazadi. Qolgan 11 ta tur esa 22-turdan keyingi turnir jadvaliga qarab tuzib chiqiladi.

Bunda 1-o'rinni qo'lga kiritgan klub uchinchi davrada 2-o'rin sohibini o'z uyida qabul qiladi hamda 3-o'rin maydoniga safar etadi. 4-o'rin egasini o'z uyida qabul qiladi va 5-o'rinni egallagan klub maydoniga safar etadi. SHu tariqa istalgan jamoa 22-tur yakuniga ko'ra o'zidan keyingi o'rinda turgan klubni o'z maydonida qabul qiladi va keyingisining maydoniga safar etadi.

Mazkur formatda jamoalar mavsum so'ngiga qadar ikkiga ajratilmaydi. Klublar ishlagan ochkolar o'z o'rnida qoladi. Uchinchi davra taqvimi 22-tur yakuniga etganidan so'ng 10 daqiqa ichida muxlislarga havola etiladi. Buning hech qanday qiyin joyi bo'lmaydi. Turlar ketma-ketligi yil avvalida tashlangan qura qanday ko'rinish olgan bo'lsa, 33-turga qadar shu ketma-ketlikda qoladi.

PFL hamda O'FA chempionatning avvalgi formati o'zini oqlamagani uchun emas, ikki yo'lni solishtirish uchun ham shunday qarorga keldi. Agar 2020 yilda ham jamoalar soni 12 ta bo'lib qolaversa, u holda so'nggi ikki yildagi formatdan qay biri yaxshiroqligi borasida katta so'rovnoma o'tkaziladi. U vaqtda deyarli barchada formatlarni solishtirib olish imkoniyati bo'ladi.

Aslida esa o'zbek futbolidagi kamchiliklarni bartaraf etishda format hech qanday rol o'ynamaydi. Professional futbol ligasi mamlakat klublarini jiddiy licenziyadan o'tkazish, ularning faoliyatini tartibga solish va ichki chempionatni kuchaytirish yo'lidagi izlanishlarini davom ettiradi.

Reyting: -44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика