Breaking! O'zbekiston milliy terma jamoasi Rossiya bilan o'ynaydi
27 okt 2022 21:32
Yangiliklar
Breaking! O'zbekiston milliy terma jamoasi Rossiya bilan o'ynaydi
Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida yana bir o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Vakillarimizning navbatdagi raqibi Rossiya terma jamoasi bo'ladi. Uchrashuv 20 noyabr kuni Toshkentda o'tkaziladi. Olingan malumotlarimizga ko'ra, mazkur bahs juda kuchli siyosiy bosim ostida tashkil qilinadigan bo'ldi.
Avvalroq terma jamoamizning qo'shni Qozog'iston bilan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishi malum qilingandi. Uchrashuv 16 noyabr kuni soat 18:00 da "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Rossiya esa 17 noyabr kuni Tojikiston bilan Dushanbeda o'ynaydi.
Rasman: O'zbekiston va Qozog'iston Toshkentda o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
Fikrlar