So’nggi yangiliklar

12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  1 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  1 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  0 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  2 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  5 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  5 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  24 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0

Breaking news: O'zbekistonning Osiyo Kubogiga boradigan tarkibi! Yangiliklar

Breaking news: O'zbekistonning Osiyo Kubogiga boradigan tarkibi!

Iroq terma jamoasiga qarshi kechgan ikkinchi o'yindan so'ng Mirjalol Qosimov Osiyo Kubogiga boradigan tarkibini malum qildi.
Xabaringiz bor, Dubaydagi mashg'ulotlarda 26 nafar futbolchi ishtirok etdi. Osiyo Kubogida esa 23 nafar futbolchini zayavka qilish mumkin. Afsuski quyidagi uch nafar futbolchi ro'yxatdan chiqib turishga majburlar. Bular, himoyachi Bobur Yo'ldoshev, yarim himoyachi Javlon Ibrohimov va hujumchi Navro'z Alimov.

Osiyo Kubogida futbolchilar 1-23 raqam oralig'ida ro'yxatdan o'tishlari kerak. Unga ko'ra terma jamoamizning yakuniy ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi.

1. Eldor Suyunov ("Nasaf")
2. Egor Krimec  ("Paxtakor")
3. SHavkat Mullajonov ("Lokomotiv")
4. Sardor Rashidov ("Bunyodkor")
5. Anzur Ismoilov  ("CHanchun Yatai", Xitoy)
6. Bahodir Nasimov ("Padideh", Eron)
7. Aziz Haydarov ("Al SHabab", BAA)
8. Server Jeparov  ("Seongnam", J.Koreya)
9. Odil Ahmedov ("Krasnodar", Rossiya)
10. Jamshid Iskanderov ("Paxtakor")
11. Igor Sergeev ("Paxtakor")
12. Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv")
13. Lutfullo To'raev ("Lokomotiv")
14. SHuhrat Muhammadiev ("Nasaf")
15. Jasur Hasanov ("Lokomotiv")
16. Vohid SHodiev ("Bunyodkor")
17. Sanjar Tursunov ("Vorskla", Ukraina)
18. Timur Kapadze ("Aktobe", Qozog'iston)
19. Vitaliy Denisov ("Lokomotiv", Rossiya)
20. Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv")
21. Akbar To'raev ("Bunyodkor")
22. Farrux Sayfiev ("Nasaf")
23. Akmal SHorahmedov ("Bunyodkor")

"Bobur Yo'ldoshev va Javlon Ibrohimov afsuski yakuniy ro'yxatdan o'rin olmaydilar. Uchinchi futbolchi kim bo'lishi hali nomalum. Bahodir Nasimov yoki Navro'z Alimovdan biri Avstraliyaga bormaydi. Lekin bu futbolchilar ro'yxatdan o'rin olmadim deb xafa bo'lishi kerak emas. Oldin ham aytganman, qita chempionatiga 23 nafar futbolchini olib borish kerak. Qo'limda bo'lsa barcha yigitlarni olib ketardim. Rosti qaror qabul qilish juda og'ir bo'ldi. Terma safida mashg'ulot o'tkazgan barcha yigitlarning tayyorgarlik jarayonida yordami tegdi. Bundan oldingi yig'inda ishtirok etib so'nggi yig'inga kelmaganlar ham borini berib harakat qilgandi", - deydi Mirjalol Qosimov.


P.S.
Agar viza masalasi hal etilmay qolsa Osiyo Kubogiga Bahodir Nasimov bormaydi. SHunday holatda uning o'rnini Navro'z Alimov to'ldiradi.


Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика