Breaking! "Manchester Yunayted" rahbariyati Ole-Gunnar Sulsherni istefoga chiqardi. Tez orada bu rasman elon qilinadi
21 noy 2021 07:17
Yangiliklar
Breaking! "Manchester Yunayted" rahbariyati Ole-Gunnar Sulsherni istefoga chiqardi. Tez orada bu rasman elon qilinadi
Murabbiyning MYUdagi sarguzashtlari o'z yakuniga etgan ko'rinadi.
"Manchester Yunayted" rahbariyati Ole-Gunnar Sulsherni istefoga chiqarishga qaror qildi. Bu haqida taniqli va ishonchli insayder Fabricio Romano xabar berdi. Besh soatdan ortiq davom etgan muzokaralardan so'ng klub bunga qaror qilgan. Qaror Joel Gleyzer tomonidan tasdiqlanganidan so'ng, klub bu haqida rasman elon qiladi.
Hozirda murabbiy va klub o'rtasida kompensaciya va yozma kelishuv borasida ishlar olib borilmoqda. Kelishuv ikki tomonning xohishi asosida bo'layotgani qo'shimcha qilingan. Hayrlashuv bayonoti "samimiy va hurmatni saqlagan holda" bo'ladi.
Fikrlar