Braziliyalik yarim himoyachi Ukraina fuqaroligini olishga yaqin
25 jan 2022 08:45
Yangiliklar
Braziliyalik yarim himoyachi Ukraina fuqaroligini olishga yaqin
“SHaxtyor” futbolchisi Alan Patrik Ukraina pasportiga ega bo'lishi mumkin.
Patrik yangi fuqarolikni olish uchun etarli muddat mazkur davlatda faoliyat olib borgan. Donecliklar uni mahalliylashtirish orqali legionerlar limiti bilan bog'liq muammoni hal etmoqchi.
30 yoshli yarim himoyachi 2011 yil “Santos”dan “SHaxtyor”ga o'tgan. Futbolchi joriy mavsum klub libosida 20 o'yinda qatnashib, 4+6 natija ko'rsatdi.
Fikrlar