Braziliyalik futbolchi debyut qilgan o'yinda "Dinamo" Latviya chempionati sovrindorini mag'lub etdi
20 fev 15:54
Yangiliklar
Braziliyalik futbolchi debyut qilgan o'yinda "Dinamo" Latviya chempionati sovrindorini mag'lub etdi
Belekda o'tgan uchrashuvda Vadim Abramov bir qator futbolchilarni sinovdan o'tkazdi. O'yinning birinchi bo'limi yakunida Xislat Xalilovning chiroyli uzatmasini Kojo Joel bir himoyachini ortda qoldirgan holda darvozaga yo'llab, hisobni ochdi – 1:0.
Ikkinchi bo'limda Kojo Joelning o'rniga maydonga tushgan Anvarjon Hojimirzaev ham o'z hisobiga gol yozib qo'ydi. U Sanjar SHoahmedovning etkazgan to'pini golga aylantirdi – 2:0.
Ikkinchi bo'lim yakunida raqib bitta gol urib, farqni qisqartirdi - 2:1.
Bahs yakunigacha hisob boshqa o'zgarmadi va Samarqand klubi Turkiyadagi yig'inini g'alaba bilan yakunladi. Ko'hna shaharliklar 21 fevral kuni O'zbekistonga qaytib kelishadi.
O'rtoqlik uchrashuvi. 20 fevral
"Dinamo" (O'zbekiston) - "Auda" (Latviya) – 2:1
Gollar: Kojo Joel 45, Anvarjon Hojimirzaev 68. - 86'.
"Dinamo": Farhod Rahmatov, Dushan Miyich, Artyom Sokol, Odil Abdumajidov, Ratino, Xislat Xalilov, Francis Narx, Vladimir Kozak, Farrux Ikromov, Sanjar SHoahmedov, Kojo Joel
Ikkinchi bo'limdan maydonga tushganlar: Anvarjon Hojimirzaev, Humoyunmirzo Iminov, Muhammadbobur Asadullaev, Komil SHarofutdinov, Vohid Oqbo'taev, Emmanuel Yagr, Abubakr Muydinov, Anvar Fayzullaev.
Fikrlar