So’nggi yangiliklar

10:31Назорат учрашуви. "Бухоро" Россия жамоаси билан муроса кўчасини танлади  2 10:10CAFA. Бугун Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси Эрон билан ўйнайди  0 09:40Аброр Пирриев Ўзбекистон футзал федерацияси тиббиёт департаменти директори этиб тайинланди  1 09:10Расман: "Арал" "Қўқон-1912" футболчиси билан шартнома имзолади  1 08:35"Хоразм" икки нафар легионерни ўз сафига қўшиб олиши мумкин  1 08:10Ангренга катта футбол қайтади  4 07:40"Ал Батеҳ" сафарда "Ал Аин"га мағлуб бўлди. Азиз Ғаниев 85 дақиқа ўйнади  2 03:00Ла Лига. "Реал" ва "Атлетико" ўртасида қизиқарли кечган Мадрид дербиси якунланди  158 02:59Англия кубоги. "Брайтон" иродали тарзда "Челси"ни мағлуб этиб, лондонликларни мусобақадан чиқариб юборди  8 00:48БАА Про лигаси. "Ал Ваҳда" ўз уйида "Хорфаккан"га 3та гол урди, Эркинов захирадан майдонга тушди  2 00:30Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ўз уйида "Бешиктош"га мағлуб бўлди, голлардан бири Турғунбоев сабаб белгиланган пенальтидан урилди  2 00:05"Манчестер Сити" 1/16 финал босқичидаги энг чиройли голни ўтказди, Ҳусанов эса дебют голини урди  21 23:59А Серия. Иккита қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Милан" иккита гол урди  4 23:43Хаби Алонсо Бундеслига рекордини такрорлади  0 23:14Туркия. "Сивасспор" Сульшер жамоасига мағлуб бўлди, Турғунбоев 53 дақиқа ўйнади  1

Braziliyalik afsungar, "Barselona" yulduzi, "Bunyodkor" rekordchisi - Rivaldo haqida Yangiliklar

Braziliyalik afsungar, "Barselona" yulduzi, "Bunyodkor" rekordchisi - Rivaldo haqida

Bugun tavallud kunini nishonlagan Rivaldo haqidagi malumotlarni siz azizlar bilan o'rtoqlashamiz.

Rivaldo (Rivaldo Vítor Borba Ferreira) 1972 yilning 19 aprelida Braziliyada tug'ilgan.

Ayni paytda Braziliyaning “Moji-Mirin” klubi prezidenti hisoblanadi.

Faoliyati
Faoliyatini “Santa-Kruz”da boshlagan Rivaldo boshida asosiy tarkibga kirishib keta olmadi. Keyin esa quyi divizionning “Moji-Mirin” jamoasiga ko'chib o'tadi. O'sha erda o'zini xar tomonlama ko'rsata olgan yosh futbolchi “Korintians” skautlari nazariga tushadi va o'sha jamoa safiga borib qo'shiladi. Ushbu klubda 2 mavsum o'tkazgan Rivaldo 41 ta o'yinda 17 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ladi. Futbolchining keyingi jamoasi esa “Palmeyras” bo'ladi. U jamoa safida 50 dan ortiq gol kiritib, Braziliya chempioni bo'lishiga yordam bergan.

Ana shundan so'ng qahramonimizning Evropadagi sarguzashtlari boshlanadi. 1996 yilda futbolchi Ispaniyaning “Deportivo” jamoasi safiga borib qo'shiladi. Dastlabki mavsumida 21 ta gol kiritgan. Keyin esa uni o'sha payt uchun yaxshigina summa hisoblangan 26 million dollar evaziga “Barselona”ga ko'chib o'tgan. Rivaldo Kataloniyada o'zining eng zo'r davrini o'tkazgan: 157 ta o'yin, 86 ta gol, bitta oltin to'p. Dunyoning eng kuchli futbolchisi, UEFA superkubogi hamda Ispaniya chempionligiga xar qanday futbolchilar havas qilsa arziydi.



2002 yilda bosh murabbiy Lui van Gal bilan bo'lgan tushunmovchiliklar sababli u “Milan”ga ko'chib o'tadi. Apennin yarim orollarida ham Rivaldo yorqin o'yinlarini davom ettirdi. Jamoa bilan CHempionlar Ligasi g'olibligini qo'lga kiritdi.

So'ngra 4 yil davomida Greciyada faoliyat olib bordi.  Bu vaqtlar oralig'ida u “Olimpiakos” hamda “AEK” jamoalarida o'ynagan.

2008 yilning 28 avgustida esa futbolchining faoliyatida biz uchun ham ahamiyatli bo'lgan voqea sodir bo'ldi. Rivaldo o'sha kuni Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Uning yurtimizda o'tkazgan yillari haqida ortiqcha to'xtalib o'tishimiz shart emas. Lekin, Rivaldo o'shanda o'ziga hos natija qayd etgan dunyodagi ilk futbolchiga aylangan.
2009 yilgi mavsumda u to'rtta ketma-ket o'yinlarda raqiblar darvozasini nishonga olgan: Avvaliga “Andijon” darvozasiga gol, keyingi o'yinda “Navbahor”ga ikkita gol, “Metallurg”ga qarshi uchinchi o'yinda uchta gol, “So'g'diyona”ga  bilan bo'lgan to'rtinchi o'yinda esa “Bunyodkor” futbolchisi poker muallifi bo'lgan.



“Bunyodkor”dan so'ng esa 2010 yilda o'zi prezident bo'lgan “Moji-Mirin” ga qaytadi va futbolchi sifatida ham harakat qiladi.

2011 yilda “San-Paulo”da bir muddat ijara asosida o'ynagan.
2012 yilning 13 yanvarida esa Rivaldo Angolaning “Kabushkorp” klubi bilan shartnoma imzolagan. Afrika qitasida ham qariya futbolchi yo'qolib qolmagan va ketma-ket gollar kiritib muxlislarni xushnud qilgan.
So'ngra 2013 yil erkin agent sifatida Braziliyaning “San-Kaetano”si safiga borib qo'shilgan. Jamoa safida 7 ta o'yin o'tkazgan futbolchi tizzasidagi jarohati sababli jamoani tark etgan.
2014 yilning 15 martida afsonaviy futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida faoliyatini yakunlashini elon qildi.
2015 yil esa yana maydonga qaytishini elon qildi.

Bir muddat “Moji-Mirin”da futbol bilan shug'ullangan Rivaldo 2015 yilning 14 avgust kuni ikkinchi marta faoliyati tugatganini malum qildi.

Terma jamoa
Rivaldo – Braziliya terma jamoasi bilan ikki marta jahon chempionatida ishtirok etgan. U ilk marotaba 1993 yilning 16 dekabrida Meksikaga qarshi o'yinda maydonga tushgan. Terma jamoa safida jahon chempionligiga ham erishgan. Umuman olganda, Rivaldo Braziliya terma jamoasi safida 74 ta o'yinda maydonga tushib, 35 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.



Erishgan sovrinlari


“Palmeyras”
Braziliya chempioni: 1994
San-Paulu shtati chempioni: 1994, 1996


“Barselona”
UEFA Superkubogi: 1997
Ispaniya La Ligasi: 1998, 1999.
Kubok egalari kubogi: 1997
Ispaniya kubogi sohibi: 1998


“Milan”
CHempionlar Ligasi: 2003
Italiya Kubogi: 2003
UEFA Superkubogi: 2003


“Olimpiakos”:
Greciya chempioni: 2005, 2006, 2007
Greciya kubogi: 2005, 2006.


“Bunyodkor”
O'zbekiston chempioni: 2008, 2009.
O'zbekiston kubogi: 2008, 2010.


Braziliya terma jamoasida:
Konfederaciyalar kubogi: 1997
Kopa Amerika: 1999
Jahon chempioni: 2002
Olimpiadada bronza medali sohibi: 1996

SHaxsiy yutuqlari:
Dunyoning eng yaxshi futbolchisi: 1999 yil
JCHda kumush to'p sohibi: 2002
Janubiy Amerika kubogining eng yaxshi to'purari: 1999
O'zbekistonning eng yaxshi to'purari: 2009
IFFHS  talqin bo'yicha xalqaro o'yinlardagi eng yaxshi to'purar: 2000
“FIFA100” ro'yxatiga kiradi


Vikipediya malumotlari asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика