Braziliyada prokuratura Neymar bilan bog'liq ish boshladi
01 jan 2021 08:18
Yangiliklar


Braziliyada prokuratura Neymar bilan bog'liq ish boshladi
Braziliya prokuraturasi PSJ futbolchisi Neymarning Riodagi villasida katta masshtabdagi bayram oqshomi tashkil etgani sabab futbolchiga nisbatan tekshiruv ishlarini boshladi.
Unga ko'ra, Neymar koronavirus avjiga chiqqan vaqtda ushbu tadbirni tashkil etgan.
Rio-de-Janeyro prokuraturasi OAVdagi malumotlar, shikoyatlar asosida ushbu ish bo'yicha tergovni boshlagan.
Avvalroq, Neymar villasida 5 kunlik bayram uyushtirgani va unda 500ga yaqin inson qatnashgani haqida xabarlar tarqalgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar