Braziliyada “Korintians” muxlislari bo'lgan avtobus ag'darilib ketdi, qurbonlar bor
20 avg 2023 19:20
Yangiliklar


Braziliyada “Korintians” muxlislari bo'lgan avtobus ag'darilib ketdi, qurbonlar bor
Braziliyada “Kruzeyro”ga qarshi safar uchrashuvidan qaytayotgan “Korintians” muxlislari o'tirgan avtobus ag'darilib ketdi.
So'nggi malumotlarga ko'ra, 8 kishi halok bo'lgan. Fojia 20 avgust kuni ertalab Belu-Orizontidagi Rodoviya-Fernand-Dias avtomobil yo'lining 520-kilometrida sodir bo'lgan.
Guvohlarning so'zlariga ko'ra, voqea sodir bo'lishidan bir necha daqiqa oldin haydovchi mashinada tormoz ishlamayotganini aytib baqirgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar